Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermentlardan analitik reagentlar
Enzimoterapiya – fermentlardan kasalliklarni davolashda
foydalanish: 1. Oshqozon-ichak yo‘lida tegishli bezlardan fermentlar kam ishlab chiqarilganda (pepsin, pankreatin, festal, panzinorm). 2. Turli yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini davolashda: tripsin, ximotripsin va boshqalar. 3. Qon va boshqa suyuqliklarda ferment yetishmaganligida ferment preparatlari yuboriladi. 4. Tomirlardagi tromblarni eritish uchun (insult, infarkt miokardda) proteolitik fermentlardan foydalaniladi: fibrinolizin, brinaza, brinolaza (aktinomitsetlardan), streptokinaza va urokinaza. 5. Zararli o‘simtalarni kompleks davolashda, masalan, asparaginazalimfoblast leykozlarni davolashda qo‘llaniladi (bu hujayralar asparaginning yetishmasligiga sezgirdirlar, chunki asparaginsintetaza fermentini saqlamaydilar). Poliaminooksidaza eksperimental o‘smalarni davolashda foydalaniladi (ular poliaminlarni oksidlovchi ferment saqlamaydilar, shu sababdan to‘planishi vujudga keladi). 6. Ferment ingibitorlari o‘tkir pankreatit, artrit, allergik kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Xolinesteraza, karboangidraza, monoaminooksidaza va proteolitik fermentlar ingibitorlaridan foydalaniladi. Fermentlardan analitik reagentlar sifatida laboratoriya tashxisida qo‘llaniladi. Klinik va biokimyoviy laboratoriyalarda organik moddalarni fermentativ usullar yordamida aniqlashdan muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda. Fermentlardan foydalanish qon, siydik, to‘qima va boshqa biologik materiallarda kam miqdordagi glyukoza, etanol, siydikchil, siydik kislotasi, aminokislotalar, lipidlar, xolesterin, nukleotidlar va boshqalarning miqdorini aniqlashga imkon beradi. Glyukoza va boshqa uglevodlarni fermentativ aniqlash usullari spetsifik fermentlardan foydalanishga asoslangandir. Glyukozani aniqlash uchun quyidagi fermentlardan foydalaniladi: a) glyukozoksidaza, glyukozani glyukon kislotasi va H 2 O 2 gacha oksidlaydi; b) geksokinaza, ushbu reaksiyani katalizlaydi glyukoza+ATF → glyukoza-6-fosfat+ADF 133 d) glyukoza – 6 – fosfatdegidrogenaza glyukozani NAD yordamida glyukozolaktongacha oksidlaydi. Glyukozani biomateriallarda glyukozoksidaza yordamida aniqlash keng tarqalgan ferment usuli hisoblanadi. Glyukozaning miqdori haqida eritmada kislorod konsentratsiyasining kamayishi yoki hosil bo‘lgan H 2 O 2 miqdori bo‘yicha tahlil qilinadi. Etanolning miqdorini aniqlash alkogoloksidaza yoki alkogoldegidrogenazadan foydalanishga asoslangan. Alkogoloksidaza etanolning havo kislorodi bilan atsetaldegid va H 2 O 2 gacha oksidlanishini katalizlaydi. . Alkogol DG etanolni aldegid va NADH 2 gacha oksidlaydi. Keyingi yillarda etanolni aniqlashning fermentativ elektrod usuli yaratilgan. Siydikchilni aniqlash ureaza fermenti yordamida uning NH 4 + va CO 2 ga parchalanishiga asoslangan. . Ureaza eritmalaridan anilizatorlarda foydalaniladi. Hosil bo‘lgan NH 4 + ishqor ta’sirida gazsimon ammiakka aylanadi va u NH 3 ni sezuvchi elektrod yordamida aniqlanadi. Shuningdek, fermentli membran elektrodlardan ham foydalaniladi, ularda ureaza eritmasi dializ plenkalari orasiga joylashtiriladi. Siydikchilni aniqlash uchun ikki fermentli sistemadan ham foydalaniladi (ureaza-glutamatdegidrogenaza) va miqdoriy aniqlash spektrofotometrda NADH 2 ni aniqlashga asoslangan. Siydik kislotani fermentativ aniqlash uning kislorod bilan allontoin va H 2 O 2 gacha urikaza ishtirokida oksidlanishiga asoslangan. Teshikli shishaga immobillangan urikaza oqar mikroreaktorlarda ishlatiladi. Aminokislotalarni aniqlash L-aminooksidaza fermentlaridan foydalanishga asoslangan. Ular aminokislotalarni havo kislorodi yordamida ketokislota, H 2 O 2. va NH 3 gacha oksidlaydi. Bu jarayon elektrokimyoviy usulda aniqlanadi. Hozirgi vaqtda laktat, piruvat, 3 – oksibutiratlarni NADH 2 konsentratsiyasining o‘zgarishiga qarab spektrofotometrik yoki elektrokimyoviy aniqlash usuli ishlab chiqilgan. Glitserinni aniqlash uchun glitserinkinaza, glitserin-3- fosfatdegidrogenaza usullari qo‘llaniladi. Lipid va fosfolipidlarni topishda birinchi bosqichda spetsifik lipaza va fosfolipaza fermentlaridan foydalaniladi. Xolinfosfatidlarni spetsifik tahlil usuli xolinoksidaza fermentini qo‘llashga asoslangan. Uning yordamida xolin betain va H 2 O 2 ga parchalanadi. Vodorod peroksidi peroksidaza usuli bilan topiladi. Xolesterinni fermentativ aniqlash usullari xolesterinoksidazadan foydalanishga asoslangan, u xolesterinni xolestan – 4 – ona – 3 va H 2 O 2 gacha oksidlaydi. Oxirgi mahsulot polyarografik, spektrofotometrik, fluorimetrik, xemilyuminessent usulida aniqlanadi. Fermentlar bilan xolesterin aniqlaganda usulning sezuvchanligi va spetsifikligini oshiradi, shuningdek tekshiruv o‘tkazishni soddalashtiradi. Spesifik degidrogenaza va diaforaza qon plazmasida 1mkMgacha o‘t kislotalarini fluorimetrik indikatsiya qilishga imkon beradi. Ferment usullari NAD, NADF, FMN va ATF miqdorini topishga imkon beradi. NAD miqdorini aniqlash uchun LDG fermenti qo‘llaniladi. Bakterial ferment lyutsiferaza NAD, FMN, ATF miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. Guaninnukleotidlarni fermentativ tahlili spetsifik nukleotidkinazalar yordamida o‘tkaziladi, oxirgi mahsulot NADF yoki ATF miqdori aniqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling