Biokimyo pmd
-rasm. Vitamin Dning tuzilishi 144 Vitamin K
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
41-rasm. Vitamin Dning tuzilishi
144 Vitamin K Vitamin K yon zanjirlari bilan farqlanuvchi 2-metil-1,4-naftoxinon hosilalari guruhini birlashtiradi. Ularning hammasi suvda erimaydi va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Havo kislorodi bilan oson oksidlanadilar. Vitamin K asosan yashil o‘simliklar, ayniqsa, karamda juda ko‘p. Hayvonlardan olingan mahsulotlarda esa vitamin K miqdori kam bo‘ladi. Masalan cho‘chqa jigarida 0,4-0,8 mkg/g. Vitamin K odamda normal ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi. Ovqatdagi vitamin K ko‘proq ichakning proksimal qismidan o‘t kislotalari va pankreatik lipaza ishtirokida so‘riladi. Qonda vitamin albumin bilan birikadi, a’zo va to‘qimalarga borib, u yerda faol shakllariga aylanadi. Vitamin K membrana fosfolipidlari, glko‘proteidlar, lipoproteidlar va nerv hujayrasining muhim fosfolipidi– sfingozin sintezida qatnashadi.Vitamin K erkin radikal reaksiyalarning va peroksidlarni membranalarga yopishishining to‘xtashiga ijobiy ta’sir qiladi. To‘qimalarga nur ta’sir etganda vitamin K membranalarni me’yorda saqlashga yordam beradi va xuddi vitamin E kabi membranalarning gormon retseptorlari sezgirligini oshiradi. Vitamin K ning asosiy biologik ahamiyati shundan iboratki, u jigarda qon ivishini ta’minlovchi oqsillar sintezida qatnashadi. Shu jarayonda vitamin K oqsil molekulalarida glutamin kislotasi qoldiqlarining g- karboksillanish reaksiyalarida, jumladan preprotombindan protrombin hosil bo‘lishida koferment sifatida qatnashadi. Vitamin K yetishmasligi qon ivishini sekinlashtiradi, natijada qon ketish va gemorragik belgilar rivojlanishiga imkoniyat tug‘iladi. Glutamin kislotasining g- karboksillanishi faqatgina vitamin K miqdoriga emas, balki membranalardagi fosfolipidlar miqdoriga ham bog‘liq. K-avitaminoz hollarda hujayra membranalari tarkibiy qismlarini sifatiy o‘zgarishlari bilan birga membranadagi holesterin miqdori kamayishi ham aniqlangan. Vitamin K anaerob sharoitda vitamin C, B 2 ishtirokida fosforillanish jarayonlarini stimullaydi, makroergik birikmalar ATF, kreatinfosfat almashinuvida qatnashadi. Vitamin qator oqsillar sintezi uchun va qator fermentlar (geksokinaza, fosfotransferaza) faoliyati uchun zarurdir. Vitamin K membrana lipidlari tarkibiga kirgan holda, membrana fosfolipidlarining yog‘ kislota tarkibiga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Vitamin K ning ko‘proq mitoxondriya ichki membranasi bilan, kamroq tashqi membranasining bog‘lanishi ko‘rsatilgan. Bu vitamin K 145 mikrosoma va lizosomalarning lipidlari bilan oz miqdorda birikkanligi, uni membranalarning minor komponentlari qatoriga kiritishga asos bo‘ldi. Vitamin K ning immunogenezga ta’siri deyarli o‘rganilmagan. Ammo qon zardobidagi komplement miqdori bilan vitamin K me’yorining to‘g‘ri bog‘lanishi aniqlangan. Hayvonlar ozuqasidagi vitamin K ning yo‘qligi umumiy komplementar faollikni pasayishiga olib kelgan. Vitamin K ning sun’iy analogi – vikasol Ukraina olimi V.I.Palladin tomonidans intezlangan. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling