Biokimyo pmd
Vitamin D – kalsiferol va antiraxitik vitamin
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Vitamin D – kalsiferol va antiraxitik vitamin
Uning eng muhim vakillari D 2 va D 3 . O‘simlik mahsulotlarida vitamin Dning miqdori ko‘p emas. Hayvon mahsulotlaridan jigar, tovuq tuxumi, baliq, sut, sariyog‘da ko‘p saqlanadi. Vitamin D 3 ning organizmdagi eng asosiy vazifasi kalsiy va fosfor gomeostazini saqlash, suyakning minerallanishi va qayta tiklanishini ta’minlashdir. Vitamin D ingichka ichakdagi o‘t kislotalari ishtirokida so‘riladi, keyin jigarga tashiladi va u yerda NADN va molekulyar kislorod ishtirokida ishlovchi mitoxondriyalar sistemasi ta’sirida 25-oksiholekalsiferolga aylanadi (41-rasm). 25-oksiholekalsiferol buyraklarda gidroksillanadi, natijada 143 gormonal xususiyatga ega bo‘lgan 1,25 dioksiholekalsiferol hosil bo‘ladi. Bu reaksiya parat gormonlar bilan boshqariladi. 1,25 dioksi- holekalsiferol ichakda Ca tashi- lishini kuchaytiradi. Uning ta’sirida ichak shilliq qavati hujayralarining tegishli oqsillari kalsiy biriktirgan oqsilga aylanadi. Bu birikma ichak mikrovorsinka- larida faoliyat ko‘rsatadi. Yuqoridagi oqsil va Ca bog‘liq ATFaza Ca tashilishida qatnashadi, bu jarayon Na ham bog‘liq. Juda ko‘p a’zolarning hujayralarida, T, B-limfotsitlarda 1,25-dioksiholekalsiferol retseptorlarining topilishi vitaminning hujayralar, jumladan fagositlar, limfotsitlarning differensirovkasi va faoliyatidagi katta ahamiyatini ko‘rsatadi. Vitamin D bilan davolab bo‘lmaydigan raxit kasalligining sababi buyraklar 1,25-degidroksiholekalsiferolning adekvat miqdorini sintezlay olmasligidadir. Bu birikmani 2,5-5 mkg/sutka miqdorda qabul qilib turish ichaklarda Ca me’yorida so‘rilishini ta’minlaydi. Vitamin D yetishmaganida faqat suyak to‘qimasi emas, balki butun organizm zarar ko‘radi, qon bilan a’zolarga Ca yetarli bormasligi natijasida ikkilamchi o‘zgarishlar yuzaga keladi. Vitamin D tanqisligida ingichka ichakning shilliq qavatida distrofik o‘zgarishlar yuz beradi, bu esa ichakning faoliyatini ayniqsa, so‘rish qobiliyatini pasaytiradi. D-gipovitaminozda lipidlar almashinuvi buziladi (qonda umumiy holesterin, erkin yog‘ kislotlari va fosfatidiletanolaminlarning miqdori jigarda lipidlar almashinuvi buzilishi natijasida ortadi). D- gipovitaminozda organizmdagi oqsil almashinuvida o‘zgarishlar kuzatiladi. Taloqda va timusda parchalanishini ortishi bilan uning sintezi pasaygan. Shunday hollarda bolalar va kattalarda suyaklarning demineralizatsiyasi yuz beradi, uncha kuchli bo‘lmagan ta’sirlar suyaklar sinishiga olib keladi. Qon zardobida Ca va P miqdori ortishi hisobiga yumshoq to‘qimalarda Sa yig‘iladi va buyraklarda tosh hosil bo‘ladi. Vitamin D 2 prooksidant xususiyatiga ega bo‘lib kislotalarini, hujayra membranalarining fosfolipidlarini oksidlanishidan saqlaydi. Vitamin D yetishmasligining organizmdagi modda almashinuviga salbiy ta’siri immun sistemada ham o‘z aksini topadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling