Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Antivitaminlar
Vitaminlarning ochilishi ko‘pgina yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olishda muhim rol o‘ynadi. Chunki bakteriyalar o‘zining o‘sishi va ko‘payishi uchun vitaminlarning bo‘lishi, kofermentlarni sintezlashga muhtojdir. Organizmga vitaminlar struktur analoglarini – antivitaminlarni, kiritish mikroorganizmlarni halok bo‘lishiga olib keladi. Antivitaminlar odatda fermentlarning faol markazlarini bog‘lab olib, u yerdan vitaminlarni (koferment) siqib chiqarib, ularning raqobatli ingibirlanishini vujudga keltiradilar. Antivitaminlar organizmga kiritilgandan keyin gipo- va avitaminozning klassik ko‘rinishini keltirib chiqaradigan moddalar kiritiladi. Hozirgi vaqtda antivitaminlar 2 guruhga bo‘linadi: 1. Nativ vitamin tuzilishiga o‘xshash bo‘lgan strukturaga ega bo‘lgan antivitamin. 2. Vitaminlar kimyoviy tabiatini o‘zgartiradigan yoki ularning so‘rilishi, transport qilinishini pasaytiradigan antivitaminlar. Shunday qilib, ta’sir mexanizmiga bog‘liq bo‘lmasdan vitaminlar biologik faolligini pasaytiruvchi yoki umuman yo‘qotuvchi moddalarga antivitaminlar deb aytiladi. Qurilishi o‘xshaydigan antivitaminlar tub ma’noda antimetabolitlar bo‘lib, apoferment bilan birikkanda noaktiv ferment komplekslarini hosil qiladilar. Vitaminlarning strukturasi o‘xshaydigan analoglaridan tashqari biologik tabiatga ega bo‘lgan antivitaminlar tafovut etiladi. Ularga tiaminaza 1 va 2 kiradi, tiamin molekulasi parchalanishini vujudga keltiradi, askorbatoksidaza, vitamin Cni parchalanishini katalizlaydi, avidin oqsili biotinni bog‘lab noaktiv kompleks hosil qiladi. Ko‘pchilik antivitaminlar davolash vositalari sifatida bioximik va fiziologik jarayonlarga bevosita ta’sir etuvchi sifatida qo‘llaniladi. Qon ivishiga qarshi preparat sifatida yog‘da eruvchi vitamin K antivitamini sifatida dikumarol, varfarin va tromeksan qo‘llaniladi. Yaxshi o‘rganilgan antivitaminlarga tiamin antivitamini oksitiamin, piri- va neopiritiamin, riboflavinning – atervin, akrixin, galaktoflavin, izoriboflavin (ular barchalari FAD, FMN sintezida vitamin B 2 bilan raqobatlanadi), piridoksin uchun – dezoksipiridoksin, sikloserin, izoniazid tuberkuloz mikobakteriyalariga antibakterial ta’sirga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling