Biokimyo va molekulyar biologiya
Elektroasboblar bilan ishlash uchun texnika xavfsizlagi yo`riqnomasi
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – laboratoriya mashg`uloti Eritmalar klassifikastiyasi va ularni tayyorlash Ishning maqsadi
Elektroasboblar bilan ishlash uchun texnika xavfsizlagi yo`riqnomasi
1. Asbob – uskunalar bilan ishlashga faqatgina asbobning pasportini o`rganib chiqqan, elektroasboblarning ekspluatasion qoidalarini, qamda kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini biladigan shaxslarga ruxsat beriladi. 2. Indikasiya "ko`zchasi" yonmayotgan asbob bilan ishlash man etiladi. 3. Elektroasboblarni ustiga ventilyasiyaga to`sqinlik qiladigan predmetlarni qo`yish, asboblarning ichiga tushib ketishi natijasida qisqa tutashuv vujudga keltiruvchi metal buyumlarni qo`yish ta'qiqlanadi. 4. Asboblar ishlash paytida yerga ulangan himoyalovchi sim bilan ta'minlangan bo`lishi kerak. Yerga ulangan himoyalovchi sim ("Zazemlenie") ning sifatini ham vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak. 5. Elektroma'nbaga ulanib turgan asbobda ta'mirlash ishlarini olib borish ta'qiqlanadi. 6. Izolyatsiyasi buzilgan elektroasboblarni ishlatish ta'qiqlanadi. 7. Tok o`tadigan qismlarga ho`llangan qo`lni tekkizish mumkin emas. 2 – laboratoriya mashg`uloti Eritmalar klassifikastiyasi va ularni tayyorlash Ishning maqsadi: Eritma, erituvchi, eritmaning konsentratsiyasi, erigan moddaning massa ulushi, molyar kontsentratsiya, normal konsentratsiya, molyal konsentratsiya, eritmaning titri, eruvchanlik, to’yingan eritma, diffuziya, osmos, osmotik bosim, gipertonik eritmalar, izotonik eritmalar, gipotonik eritmalar, plazmoliz hodisalari bilan tanishish. Ishning nazariy asoslari 1. Eritmalarning umumiy harakteristikasi Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi. Tabiatda va texnikada eritmalarning ahamiyati katta. Tabiatdagi barcha suvlar eritmalar hisoblanadi. Ko’pchilik kimyoviy reaktsiyalar eritmalarda boradi. Eritmalar ikki yoki undan ortiq komponentlar (tarkibiy kismlar) va ularning o’zaro ta‘sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli (gomogen) sistemalardir. O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi. Eritma bir jinsli sistema bo’lgani uchun ko’z va mikroskop bilan eritma ichidagi erituvchi va erigan modda zarrachalarini ko’rib bo’lmaydi. Eritma tarkibini o’zgartirish mumkin. Masalan, sulfat kislota yoki nitrat kislotani suv bilan har qanday nisbatda aralashtirish mumkin. Sulfat kislotaning suvda erishi hech qanday chegaraga ega emas. Spirt ham suvda shunday eriydi. Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddalarning foiz miqdori 0 dan 100 % gacha bo’ladi. Bunday hollarda eruvchi va erituvchi orasidagi ayirma yo’qoladi; bulardan istalganini erituvchi deb qabul qilish mumkin Lekin juda ko’pchilik moddalar ayni temperaturada ma‘lum chegaraga qadar eriydi. Masalan, uy temperaturasida osh tuzining suvdagi eritmasida NaCI ning miqdori hech qachon 26,48% dan ortmaydi. 8 Eritmalar tarkibning o’zgaruvchanligi ularni mexanik aralashmalarga yaqin deb qarashga imkon beradi. Lekin ularning bir jinsliligi va ko’p xollarda eruvchanlikning ma‘lum chegaradan oshmasligi eritmalarni kimyoviy birikmalarga yaqinlashtiradi. Shunday qilib, eritma mexanik aralashma bilan kimyoviy birikma Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling