Biokimyo va molekulyar biologiya
– laboratoriya mashg`uloti
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
4 – laboratoriya mashg`uloti Oqsillarni cho’ktirish reaksiyalari Ko’pgina omillar oqsil moddalarning fiziko-kimyoviy hossalariga ta’sir etib, uning makromolekulasi tuzilishida o’zgarishlarga olib keladi. Bu jaroyon denaturatsiya nomi bilan ma’lum. Denaturatsiya natijasida oqsil makromolekulasining aktiv konformatsiyasi buziladi. Bu o’zgarish birinchi navbatda ikkilamchi va uchlamchi strukturalarga tegishli bo’lib, bunda kovalent bog`lar buzilmaydi. Denaturatsiyani yuzaga chiqaruvchi omillarni 2 ga: fizik va kimyoviy omillarga bo’lish mumkin. Fizik omillarga yuqori harorat, mexanik ta’sir, ultratovush bilan ta’sir etish, ionlashtiruvchi nurlanishlar kiradi. Kimyoviy omillarga og`ir metall ionlari, mineral va organik kislotalar, neytral ammoniy tuzlari, ishqoriy va ishqoriy yer metallari, organik erituvchilar va alkaloidlar bilan cho’ktirishlar kiradi. Mochevina, detergentlar va bir qancha bo’yovchi moddalar ham shunday natijani beradi. Bir qancha fizik omillarning ta’sir qilish mexanizmi kimyoviy o’zgarishlarga ham sabab bo’ladi. Masalan, ultratovush to’lqini va ionlashtiruvchi nurlanish oqsil makromolekulasining kimyoviy o’zgarishiga sabab bo’ladi. 17 Oqsillarni cho’ktirish reaksiyasi qaytar va qaytmas bo’ladi. Qaytar cho’kishda oqsilning makromolekulasi chuqur denaturatsiyaga uchramaydi, cho’kma boshlang’ich erituvchida (masalan, suvda) erishi mumkin. Qaytar cho’kish neytral ammoniy tuzlari, ishqoriy va ishqoriy yer metallar, spirt, atseton, efir va boshqa organik erituvchilar bilan cho’ktirilganda amalga oshadi. Qaytmas cho’kishda oqsilning kuchli denaturatsiyasi kuzatiladi. Bunda oqsil gidrofil hususiyatini yo’qotib, gidrofob bo’lib qoladi. Denaturatsiyaga uchragan oqsil o’zining boshlang`ich fizik – kimyoviy va biologik hossalarini qayta tiklay olmaydi. Qaytmas cho’kish yuqori harorat, konsentrlangan mineral kislotalar, og`ir metall ionlari, alkaloidlar, detergentlar, bo’yovchi moddalar ta’sirida amalga oshadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling