Biokimyo va molekulyar biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/45
Sana28.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1020557
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar Lab

Ishning bajarilishi: 5 ta probirka olib, ularning har biriga 1 mldan oqsil 
eritmasidan solinadi. Birinchi probirkadagi oqsilni qaynaguncha qizdiriladi. Eritma 
loyqalanadi (oqsil atrofidagi gidrat qobig`i buziladi), lekin cho’kma tushmaydi. Bu 


19 
yerda bir xil zaryadli muhit bo’lgani uchun oqsilning koagulyatsiyasi amalga 
oshmaydi. 
Ikkinchi probirkadagi oksil eritmasiga avval 1 tomchi 1% li sirka kislotasidan 
tomiziladi va keyin qaynatiladi, bunda oqsil tezda cho’kmaga tushadi, buning sababi 
shuki, oqsil molekulasidagi zaryadlar neytrallanib, oqsil o’zining izoelektrik 
nuqtasiga yaqinlashib qoladi. 
Uchinchi probirkadagi oqsil eritmasiga 5 tomchi 10% li sirka kislotasidan 
qo’shiladi va qaynaguncha qizdiriladi. Bunda cho’kma tushmaydi, sababi oqsil 
molekulasi musbat zaryadlanib qoladi va koagulyatsiyaga yo’l qo’ymaydi. 
To’rtinchi probirkadagi oqsil eritmasining ustiga 5 tomchi 10% li natriy 
ishqoridan qo’shiladi va qaynaguncha qizdiriladi, bunda ham cho’kma tushmaydi, 
sababi oqsil molekulasi manfiy zaryadlanib qolgan bo’ladi. 
Beshinchi probirkadagi oqsil eritmasining ustiga 5 tomchi 10% li sirka 
kislotasidan solib, yana ustiga 5 tomchi natriy xlorning to’yingan eritmasidan solinadi 
va qaynaguncha qizdiriladi, natijada oqsil cho’kmaga tushadi. 
4. Oqsilni mineral kislotalar bilan cho’ktirish 
Konsentrlangan mineral kislotalar (nitrat, sulfat, xlorid) oqsil zarrachalarining 
keskin degidrotatsiyasiga va ularning zaryadlarini neytrallanishiga sabab bo’ladi, 
buning natijasida kompleks birikmalar hosil bo’lishi kuzatiladi. 
Bu esa oqsilning qaytmas denaturatsiyasiga olib keladi. Ortofosfat kislota 
oqsillar bilan cho’kma hosil qilmaydi. 
Mineral kislotalar ta’sirida hosil bo’lgan cho’kmalarga sulfat kislota va xlorid 
kislotalarning yana ko’p miqdorda quyilishi natijasida cho’kma erib ketadi, lekin bu 
nitrat kislota bilan kuzatilmaydi.
Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) konsentrlangan sulfat kislota, v) 
konsentrlangan xlorid kislota, g) konsentrlangan nitrat kislota. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling