Biokimyo va molekulyar biologiya


 Oqsillarni ishqoriy va ishqoriy yer metall tuzlari bilan cho’ktirish


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/45
Sana28.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1020557
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar Lab

1. Oqsillarni ishqoriy va ishqoriy yer metall tuzlari bilan cho’ktirish. 
Neytral ammoniy tuzlari, ishqoriy va ishqoriy yer metal tuzlari – Na
2
SO
4
, 
(NH
4
)
2
SO
4
, NaCI, MgSO
4
va boshqalar oqsil zarrachalarining zaryadlarini 
neytrallaydi va ularning degidrotatsiyasiga (suvsizlanishiga) sabab bo’ladi, natijada 
cho’kma tushadi. Oqsillarning bu cho’ktirish uslubi tuzlash deb ham ataladi. Tuzlash 
jarayoni qaytar hisoblanadi. Cho’kmani suvda qayta eritish mumkin, bunda oqsilning 
hossalari ma’lum darajada tiklanishi kuzatiladi (masalan, fermentlarning aktivligi, 
antigenlik hossasi). Tuzlash oqsillarni fraksiyalarga ajratishda, oqsillarni tozalash va 
ularni kristall shaklida ajratib olish uchun qo’llaniladi. 
Ammoniy sulfat bilan cho’ktirish 
Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) Natriy xlor tuzi (kristall holda), v) 
ammoniy sulfat tuzi (kristall holda) g) ammoniy sulfatning to’yingan eritmasi, d) 
magniy sulfat tuzi (kristall holda) e) 1% li sirka kislota. j) 10% li natriy ishqori, z) 1% 
mis sulfat. 
Ishning bajarilishi: Probirkaga 2-3 ml oqsil eritmasidan quyiladi va ustiga 
ammoniy sulfatning to’yingan eritmasidan shuncha hajmda solinadi va aralashtiriladi. 
Bunda dastlab globulinlar cho’kmaga tushadi, albuminlar eritmada qoladi. Shundan 
so’ng cho’kma filtr qog`ozi orqali filtrlanadi. Filtratga ammoniy sulfatning 
kristallaridan to’yingan eritma holiga kelguncha solinadi (bunda oxirgi solingan tuz 
erimasligi kerak). Bunda albuminlar cho’kmaga tushadi. Shundan so’ng cho’kma 
filtrlab ajratib olinadi . 
Filtrat bilan biuret reaksiyasi qilib ko’riladi. Agar oqsil oxirigacha cho’kkan 
bo’lsa, bu reaksiya chiqmasligi kerak.
Magniy sulfat yoki natriy xlorid bilan cho’ktirish 
Ishning bajarilishi: Ikkita probirkaga 2-3 ml dan tuxum oqsili eritmasidan 
quyiladi va birinchi probirkaga natriy xlor, ikkinchisiga esa magniy sulfat tuzlarining 
kristallaridan to’yingan eritma hosil bo’lguncha solinadi. 5-6 daqiqa o’tgach, 
cho’kma tusha boshlaydi. Bunda globulinlar cho’kmaga tushadi. Albuminlar ishqoriy 
va ishqoriy yer metall tuzlari ta’sirida cho’kmaydi. Cho’kma tushib bo’lgandan keyin 
probirkalardagi cho’kmalar filtrlab ajratib olinadi. Bunda albuminlar filtratda qoladi. 
Filtratga 1% li sirka kislota tomiziladi. Bunda albuminlar cho’kmaga tusha boshlaydi. 
Shundan so’ng yana cho’kma filtrlab ajratib olinadi va filtrat bilan biuret reaksiyasi 


18 
qilib ko’riladi. Shundan so’ng eritmada oqsil qolmaganligi isbot qilinadi. Oqsillarni 
tuzlash yo’li bilan cho’ktirish sanoatda keng qo’llaniladi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling