Biokimyo va molekulyar biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Millon reaksiyasi
- Ishning bajarilishi
- 5. Triptofanga xos reaksiya.
Ishning bajarilishi: 2-3 ml fenol eritmasiga sekinlik bilan probirka devori
orqali 1-2 ml konsentrlangan nitrat kislota quyiladi. Sekin qaynatiladi, natijada sariq rang hosil bo’ladi. Boshqa probirkaga 1-2 ml tuxum oqslidan solib, 8-10 tomchi konsentrlangan nitrat kislotadan sekinlik bilan qo’shiladi va qaynatiladi. Natijada sariq cho’kma hosil bo’ladi. Probirka sovitilgach, uning devori orqali konsentrlangan ammiak yoki o’yuvchi natriy eritmasidan quyiladi, natijada suyuqlik sariq - qizg`ish rangga bo’yaladi. Reaksiyani iloji boricha havo tortuvchi qurilma ostida olib borish kerak. O’sha reaksiyani jelatina eritmasi bilan olib borilganda sariq rang hosil bo’lmaydi. Buning sababi jelatina o’zida aromatik aminokislotalarni tutmaydi. 4. Millon reaksiyasi. Millon reaksiyasi yordamida tirozinni aniqlash mumkin. Tirozin Millon reaktivi bilan qo’shilib tirozinning qizil rangli simobli tuzini hosil qiladi. Bu reaksiya hamma fenollar uchun harakterlidir. 15 NH 2 CH C CH 2 HO O OH N O OHg NO 2 Nitrotirozinni simobli tuzi Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, 6) 1% li jelatina eritmasi, v) fenol, 0,1% li eritma, g) Millon reaktivi. Hamma ish havo tortuvchi qurilma ostida olib borilishi kerak. Ishning bajarilishi: 1 ml fenol eritmasiga 0,5 ml Millon reaktividan quyiladi va sekinlik bilan qaynatiladi. Bunda pushti rang hosil bo’ladi. Probirkaga 1-2 ml tuxum oqsili eritmasidan solib, ustiga 5-6 tomchi Millon reaktividan solinadi va sekinlik bilan qizdiriladi. Suyuqlik qizil rangga bo’yaladi va qizg`ish - g`isht rangli cho’kma tushadi. Shu reaksiya jelatina bilan ham qilib ko’riladi, lekin bunda qizil rang hosil bo’lmaydi. 5. Triptofanga xos reaksiya. Triptofan kislotali muhitda aldegidlar bilan reaksiyaga kirishib, kondensatsiyaga uchragan, rangli mahsulotni hosil qiladi. Masalan, glioksil kislota bilan (konsentrlangan sirka kislotasi bilan aralashmada uchraydi) quyidagicha reaksiya ketadi. N H CH CH 2 CH NH 2 COOH N HC H 2 C CH NH 2 COOH O CH C OH O N H C CH 2 CH NH 2 COOH N C H 2 C CH NH 2 COOH H C CO OH Shu sxema asosida triptofanning oksimetilfurfurol yoki formaldegid bilan beradigan reaksiyasini kuzatish mumkin. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling