Biokimyo va molekulyar biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/45
Sana28.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1020557
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar Lab

Adamkevich reaksiyasi 
Reaktivlar: a) yangi tuxum oqsili eritmasi, b) jelatina 1% li eritma, v) 
konsentrlangan sirka kislota, g) konsentrlangan sulfat kislota.
Ishning bajarilishi: Probirkaga bir necha tomchi tuxum oqsili eritmasidan 
solinadi, ustiga 1-2 tomchi konstentrlangan sirka kislotasidan qo’shiladi va sekinlik 
bilan tushgan cho’kma eriguncha isitiladi. Shundan so’ng sovitiladi va ehtiyotkorlik 
bilan probirka devori bo’ylab, bir tomonga qiyshaytirilgan holda 1 ml konsentrlangan 


16 
sulfat kislota quyiladi. Bunda eritmalar bir – biriga aralashib ketmasligi kerak. Ikkita 
qatlam chegarasida bir necha daqiqadan keyin qizil – binafsha halqa hosil bo’ladi. 
Bu reaksiyani jelatina bilan ham qilib ko’rish kerak, lekin reaksiya chiqmaydi. 
Buning sababi, jelatinaning tarkibida triptofan uchramaydi. 
 
 
6. Oltingugurt tutuvchi aminokislotalarga xos reaksiya 
Bizga ma’lumki, oltingugurt tutuvchi aminokislotalar 3 ta: sistein, sistin, 
metionin. Sistein va sistin molekulasida oltingugurt kuchsiz bog`langan bo’lib, 
ishqoriy muhitda gidroliz qilinganda vodorod sulfid shaklida oson ajralib, ishqor 
bilan natriy yoki kaliy sulfidni hosil qiladi. Sulfidlar qo’rg`oshin astetat bilan 
qo’shilib, qora rangli cho’kmani hosil qiladi.
Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) jelatina 1% li eritma, v) 15 - 20% li 
natriy ishqori, g) 1% li qo’rg`oshin astetat. 
Ishning bajarilishi: Bitta probirka olib, unga 2 ml tuxum oqsili eritmasidan 
solinadi. Ikkinchi probirkaga esa shuncha miqdorda jelatina solinadi. Ikkala 
probirkaga 1-1,5 ml ishqor eritmasidan solinib, sekinlik bilan qaynaguncha qizdiriladi 
va 1-2 daqiqa qaynatiladi. Shundan so’ng har ikkala probirkaga 2-3 tomchi 
qo’rg`oshin atsetatdan qo’shiladi. 
Oqsil solingan probirkada qora rang hosil bo’ladi. Bu rangning rang darajasi 
oqsilning konsentratsiyasiga va undagi sistein va sistinning miqdoriga bog`liq. 
Jelatina solingan probirkada rang hosil bo’lmaydi. Bu holat jelatina tarkibida 
oltingugurt tutuvchi aminokislota uchramasligidan darak beradi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling