Biokimyo va molekulyar biologiya
– laboratoriya mashg`uloti
Download 0,95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
- Kalibirlash egri chizig`ini tuzish.
- Oqsil miqdorini aniqlash
6 – laboratoriya mashg`uloti Oqsil miqdorini Biuret usuli bo’yicha aniqlash Uslubning mohiyati: Ishqoriy muhitda mis ionlari oqsil molekulasining peptid bog`lari bilan reaksiyaga kirishib, ko’k – binafsha rang beruvchi kompleks hosil qiladi. Rangning intensivligi oqsil miqdoriga to’g`ri proportsional bo’ladi. Ishning bajarilishi: Eritma tayyorlash. 1. Oqsil (albumin, pepsin, kazein) ning 1% li NaCl dagi standart eritmasi 10 mg/ml. 2. Biuret eritmasi: 0,15 g CuSO 4 . 5H 2 O va 0,6 g NaKC 4 H 4 O 6 . 4H 2 O (segnet tuzi) 50 ml 1% li NaOH qo’shib distillangan suv bilan 100 mlga keltiriladi. Eritma polietilen idishda saqlanadi. 3. 1% li NaCl. Kalibirlash egri chizig`ini tuzish. Buning uchun 10 ta probirkaga standart eritmadan 1 mg dan 10 mg gacha miqdorida qilib solinadi. Hamma probirkadagi eritma 1% li NaCl bilan 1 ml gacha keltirilib, unga 8 mldan Biuret eritmasi qo’shiladi. Nazorat sifatida oqsil eritmasi o’rniga 1ml 1% li NaCl olinadi, aralashmalar chayqatib xona haroratida o’lchanadi. Olingan natijalar asosida grafik tuziladi. Bunda ordinata o’qiga 540 nm dagi SF ko’rsatkichi, abtsissa o’qiga esa oqsilning mg/ml miqdori qo’yiladi. Oqsil miqdorini aniqlash. Tekshirilayotgan eritmada oqsilning miqdorini aniqlash uchun 1 ml oqsil eritmasiga 8 ml biuret reaktivi qo’shiladi va 30 daqiqa xona haroratida saqlangach optik zichligi aniqlanadi. Oqsil miqdori kalibrlash egri chizig`iga ko’ra topiladi. Uslubning kamchiligi unchalik sezgir va aniq emasligi bo’lib, shunga qaramay etirmada oqsil miqdori ko’p bo’lganda foydalanish mumkin. 7 – laboratoriya mashg`uloti Fermentlarning yuqori temperatura ta’sirida inaktivatsiyasi Fermentlar oqsil tabiatli moddalar bo’lganligi sababli, ular haroratga juda ta’sirchan bo’ladi. Fermentlar uchun optimal harorat 37-38°C ni tashkil qiladi. Haroratning oz miqdorda ko’tarilishi, (40-45°C gacha) fermentlarning aktivligini oshiradi. Lekin keyingi qizdirish, ya’ni 50°C dan yuqori bo’lgan harorat, fermentning aktivligini yo’qolishiga sabab bo’ladi. Buning sababi, fermentning oqsil qismi yuqori haroratda denaturatsiyaga uchrashidir. Past haroratda esa ferment o’z aktivligini yo’qotmaydi, lekin shu haroratda aktivligi kamayishi mumkin. Agar harorat ferment uchun optimal holgacha ko’tarilsa, fermentning aktivligi yana tiklanadi. 23 Reaktivlar: a) 5 marta suyultirilgan so’lak, b) 1% li kraxmal, v) yodning kaliy yodiddagi eritmasi (Lyugol eritmasi), g) Trommer reaksiyasi uchun kerak bo’lgan reaktivlar: 5% li o’yuvchi natriy, 5% li mis sulfat (tajriba probirkalariga avval o’yuvchi natriy qo’shiladi, so’ngra tomchilatib mis sulfatdan solinadi va past olovda qaynaguncha qizdiriladi). Download 0,95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling