Biokimyo va molekulyar biologiya


 – laboratoriya mashg`uloti


Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana28.12.2022
Hajmi0,95 Mb.
#1020557
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar Lab

 
6 – laboratoriya mashg`uloti 
Oqsil miqdorini Biuret usuli bo’yicha aniqlash 
 
Uslubning mohiyati: Ishqoriy muhitda mis ionlari oqsil molekulasining peptid 
bog`lari bilan reaksiyaga kirishib, ko’k – binafsha rang beruvchi kompleks hosil 
qiladi. Rangning intensivligi oqsil miqdoriga to’g`ri proportsional bo’ladi. 
Ishning bajarilishi: Eritma tayyorlash. 
1. Oqsil (albumin, pepsin, kazein) ning 1% li NaCl dagi standart eritmasi 10 
mg/ml. 
2. Biuret eritmasi: 0,15 g CuSO

.
5H
2
O va 0,6 g NaKC
4
H
4
O
6
.
4H
2
O (segnet 
tuzi) 50 ml 1% li NaOH qo’shib distillangan suv bilan 100 mlga keltiriladi. Eritma 
polietilen idishda saqlanadi. 
3. 1% li NaCl. 
Kalibirlash egri chizig`ini tuzish. Buning uchun 10 ta probirkaga standart 
eritmadan 1 mg dan 10 mg gacha miqdorida qilib solinadi. Hamma probirkadagi 
eritma 1% li NaCl bilan 1 ml gacha keltirilib, unga 8 mldan Biuret eritmasi 
qo’shiladi. Nazorat sifatida oqsil eritmasi o’rniga 1ml 1% li NaCl olinadi, 
aralashmalar chayqatib xona haroratida o’lchanadi. Olingan natijalar asosida grafik 
tuziladi. Bunda ordinata o’qiga 540 nm dagi SF ko’rsatkichi, abtsissa o’qiga esa 
oqsilning mg/ml miqdori qo’yiladi. 
Oqsil miqdorini aniqlash. Tekshirilayotgan eritmada oqsilning miqdorini 
aniqlash uchun 1 ml oqsil eritmasiga 8 ml biuret reaktivi qo’shiladi va 30 daqiqa 
xona haroratida saqlangach optik zichligi aniqlanadi. Oqsil miqdori kalibrlash egri 
chizig`iga ko’ra topiladi. 
Uslubning kamchiligi unchalik sezgir va aniq emasligi bo’lib, shunga qaramay 
etirmada oqsil miqdori ko’p bo’lganda foydalanish mumkin. 
 
7 – laboratoriya mashg`uloti 
 Fermentlarning yuqori temperatura ta’sirida inaktivatsiyasi 
 
Fermentlar oqsil tabiatli moddalar bo’lganligi sababli, ular haroratga juda 
ta’sirchan bo’ladi. Fermentlar uchun optimal harorat 37-38°C ni tashkil qiladi. 
Haroratning oz miqdorda ko’tarilishi, (40-45°C gacha) fermentlarning aktivligini 
oshiradi. Lekin keyingi qizdirish, ya’ni 50°C dan yuqori bo’lgan harorat, fermentning 
aktivligini yo’qolishiga sabab bo’ladi. Buning sababi, fermentning oqsil qismi yuqori 
haroratda denaturatsiyaga uchrashidir. Past haroratda esa ferment o’z aktivligini 
yo’qotmaydi, lekin shu haroratda aktivligi kamayishi mumkin. Agar harorat ferment 
uchun optimal holgacha ko’tarilsa, fermentning aktivligi yana tiklanadi.


23 
Reaktivlar: a) 5 marta suyultirilgan so’lak, b) 1% li kraxmal, v) yodning kaliy 
yodiddagi eritmasi (Lyugol eritmasi), g) Trommer reaksiyasi uchun kerak bo’lgan 
reaktivlar: 5% li o’yuvchi natriy, 5% li mis sulfat (tajriba probirkalariga avval 
o’yuvchi natriy qo’shiladi, so’ngra tomchilatib mis sulfatdan solinadi va past olovda 
qaynaguncha qizdiriladi). 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling