Biokimyo va molekulyar biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Oqsilni organik kislotalar bilan cho’ktirish
- Reaktivlar
Ishning bajarilishi: 3 ta probirka olib, 1- probirkaga 1 ml sulfat kislota, 2 -
probirkaga 1 ml nitrat kislota, 3 - probirkaga esa 1 ml xlorid kislotadan quyiladi. Probirkalarni 45° ostida qiyshaytirib, probirka devori bo’ylab oqsil eritmasidan solinadi. Kislota va oqsil chegarasida oq halqa hosil bo’ladi. Probirkalar sekinlik bilan chayqatiladi va 1-probirkaga qo’shimcha sulfat kislota, 2-probirkaga nitrat kislota, 3-probirkaga esa xlorid kislota qo’shiladi. Oqsil cho’kmasi sulfat va xlorid kislotada qayta erib ketadi, nitrat kislotada erimaydi. Bu reaksiya oqsilni tezlik bilan aniqlashda qo’llaniladi. Masalan, siydikdagi oqsilni bilish uchun shu reaksiya qo’llaniladi. 5. Oqsilni organik kislotalar bilan cho’ktirish Organik kislotalar ta’sirida oqsillar qaytmas cho’kadi. Har xil kislotalar turlicha ta’sir ko’rsatadi. Sulfosalitsil va uchxlorsirka kislotalar esa boshqalariga nisbatan samarali ta’sir qiladi. Uchxlorsirka kislota ta’sirida faqat oqsillar cho’kmaga tushadi. Sulfosalitsil kislota esa oqsildan tashqari uning parchalanish mahsulotlari bo’lgan peptonlarni va polipeptidlarni ham cho’ktiradi. 20 Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) 10% li sulfosalistil kislota, v) 10% li uchxlorsirka kislota. Ishning bajarilishi: 2 ta probirka olib, ularga 2 ml dan oqsil eritmasidan quyiladi. 1 - probirkaga 5 tomchi uchxlorsirka kislotadan, 2 - probirkaga esa shuncha miqdorda sulfosalitsil kislotadan solinadi. Ikkala probirkadagi oqsil cho’kmaga tushadi. 6. Oqsilni og`ir metall tuzlari bilan cho’ktirish Oqsillar mis, qo’rg`oshin, simob, rux, kumush va boshqa og`ir metall tuzlari bilan cho’kmaga tushadi. Og`ir metall ionlari bilan oqsillarni cho’ktirilishi murakkab jarayon hisoblanadi. Bunda avval suvda erimaydigan kompleks birikma hosil bo’ladi. Bu hosil bo’lgan birikma og`ir metall tuzlarining qo’shimcha miqdorida erib ketadi (AgNO 3 va HgCI 2 dan tashqari). Og`ir metall tuzlari oqsil mitsellisiga adsorbsiyalanib, elektr zaryadini o’zgartiradi (neytral holga kelguncha). Og`ir metall tuzlari beradigan denaturatsiya oqsilning 2-lamchi va 3-lamchi strukturalarida chuqur buzilishga olib keladi. Peptid bog`larining o’zgarishiga asosan ular orasidagi bog`larning buzilishi sabab bo’ladi (asosan, disulfid bog`lari). Disulfid bog`ining vazifasi asosan oqsilning 2-lamchi va 3-lamchi strukturasini ushlab turish hisoblanadi. Shuning uchun bu bog`ning buzilishi oqsil strukturasining buzilishiga ya’ni oqsilning qaytmas denaturatsiyasiga sababchi bo’ladi. Og`ir metall tuzlarining qo’shimcha miqdorda solinganda cho’kmaning erib ketishiga sabab shuki, bunda og`ir metall ionlari oqsil mitsellisiga adsorbsiyalanib, ularni musbat zaryadlab qo’yadi, natijada bir xil zaryadlangan mitsellidan zaryadlar itariladi. Bu esa cho’kmaning erib ketshiga olib keladi. Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) 5% li qo’rg`oshin atsetat, v) 2,5% li kumush nitrat, g) 5% li temir xlorid, d) 5% li mis sulfat. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling