Biokimyo va molekulyar biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/45
Sana28.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1020557
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar Lab

Ishning bajarilishi: 1-2 ml vitamin E ning spirtli eritmasiga 1 ml 
ortofenantrolin qo’shiladi va temir xlorid tomchilatib turiladi. Bu ish qizil rang 
hosil bo’lguncha amalga oshiriladi. 
Vitamin K ga xos sifat reaksiyalari 
K vitamini qon ivishida asosiy omil hisoblanadi. Vitamin K yashil 
o’simliklarning xloroplastlarida sintezlanadi. Uning molekulasi 2-metil 1,4-
naftoxinon va fitol spirtidan tuzilgan. K vitamini bosh va rangli karam, pomidor, 
qovoq, na’matakning mevasi, beda, petrushka, sabzi, yel va qarag`aylarda bo’ladi. 
Undan tashqari mol go’shti, buyrak va jigarda bo’ladi. 
O
O
CH
2
- CH=C - (CH
2
)
3
- CH - (CH
2
)
3
- CH - CH
3
CH
3
CH
3
CH
3
CH
3
Vitamin K
1
 
 
 
 
Anilin bilan boradigan reaksiya 
2-metil1,4-naftoxinon anilin bilan reaksiyaga kirishib, 2-metil-3-fenilamino-
1,4-naftoxinonni hosil qiladi va bu qizil rangli bo’ladi. 
Reaktivlar: a) vikasol (0,1% li suvli eritmasi yoki metionin), 0,2% li etil 
spirtidagi eritmasi, b) anilin. 
Ishning bajarilishi: 1 ml vikasol yoki metionin eritmasiga 6-8 tomchi anilin 
qo’shiladi va chayqatiladi. Natijada probirkadagi aralashma qizil rangga bo’yaladi. 
 
Sistein bilan boradigan reaksiya. 
Reaktivlar: a) vikasol 0,1% li suvli eritmasi, b) sisteinning 0,03% li eritmasi, 
v) 5% li natriy ishqori 
1 ml vikasol eritmasiga shuncha miqdorda sistein eritmasidan va 5-6 tomchi 
natriy ishqori eritmasidan solinadi. Natijada sariq yoki limon rang hosil bo’ladi. 
Vitamin C (askorbin kislotasi) 
Vitamin C singa kasalini oldini olish uchun ishlatiladigan preparat hisoblanadi. 
Kimyoviy tuzilishi jihatidan 2,3-diyenol-gulon kislotasining laktoni hisoblanadi. 
Diyenol guruhining bo’lishligi vitamin C ning oson oksidlanib, qaytarilishini 
ta’minlab turadi: 


41 
C
HOC
O
O
HC
HOCH
CH
2
OH
OH
C
OH
C
C=O
HOHC-HC
CH
2
OH
O
HOC
L-askorbin kislotasi vitamin aktivligini namoyon qiladi, D-askorbin kislotasi 
esa fiziologik inertmodda hisoblanadi.
L- askorbin kislotasi rangsiz, suvda yaxshi eriydigan va nordon mazali bo’ladi. 
Benzolda, xloroformda, dietil efirda va yog`larda erimaydi. Askorbin kislotasining 
suvdagi eritmasi kislotali reaksiyani namoyon qiladi. U oson oksidlanib
degidroaskorbin kislotasiga aylanadi. Bunda uning vitaminli hossasi saqlanib qoladi. 
C
HOC
O
O
HC
HOCH
CH
2
OH
HOC
C
O=C
O
O
HC
HOCH
CH
2
OH
O=C
-2H
+2H
Degidro askorbin kislotasi beqaror bo’lib, qaytarilish reakstiyasi natijasida 
yana L-askorbin kislotasiga aylanadi. Vitamin C ning bu xossasi uning oksidlanish-
qaytarilish reaksiyalarida aktiv ishtirok etishini belgilaydi. Askorbin va 
degidroaskorbin kislotalari elektronlar uzatilishidagi eng muxim komponentlardan 
hisoblanadi. Vitamin C ko’pgina fermentativ jarayonlarda aktivator va ingibitor 
sifatida ishtirok etadi. 
Odamning vitamin C ga bo’lgan sutkalik ehtiyoji yoshga, fiziologik holatga va 
bajarilayotgan ishga bog`liq bo’ladi. Kattalar uchun 70-120 mg ni bolalar uchun 30-
70 mg ni tashkil etadi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling