Anilin bilan boradigan reakstiya
Reaktivlar: a) baliq moyi, b) anilin, v) konsentrlangan xlorid kislota.
Ishning bajarilishi: baliq moyidan 1 ml olib, ustiga 4-5 ml anilindan va 0,5 ml
konsentrlangan xlorid kislotadan solinadi. Probirka qaynaguncha qizdiriladi va 20-30
sekund qaynatiladi. Natijada suyuqlik qizil rangga bo’yaladi.
B
1
vitamini uchun sifat reaksiyalari
Vitamin B
1
molekulasi tarkibiga 2 ta geterotsiklik birikma - pirimidin va tiazol
kiradi. Bu ikki birikma metil guruhi bilan bog`langan bo’ladi. Bundan tashqari tiamin
molekulasida gidroksil va amin guruhlari ham mavjud.
C - NH
2
HCl
N
C
H
3
C - C
CH
1
2
3
4
5
6
CH
N
S
C - CH
2
-CH
2
OH
C - CH
3
1
2
3
4
5
+
CH
2
Cl
-
+
Vitamin B
1
(tiamin)
Vitamin B
1
suvda yaxshi eriydi. Spirtda yomon eriydi, xloroform va dietil
efirda umuman erimaydi. Vitamin B
1
o’simlik va hayvon organizmida uchraydi.
Donli o’simliklarda keng tarqalgan. Shu bilan birga achitqilarda, yong`oqda, jigarda,
buyrakda, yurakda va yog`siz go’sht tarkibida bo’ladi.
Tioxrom reaksiyasi
Tiamin ishqoriy muhitda ferrotsianid kaliy tuzi bilan oksidlanib, tioxromga
aylanadi. Bu modda ultrabinafsha nurlari ta’sirida havorangni hosil qiladi.
Reaktivlar: a) tiamin bromid, b) kaliy ferritsianidning 5% li eritmasi
[K
3
Fe(CN)
4
], v) 10% li o’yuvchi natriy, g) butil yoki izoamil spirti.
Ishning bajarilishi: 10 mg tiamin bromid kukunini 5 ml suvda eritib, ustiga 1
ml 5% li ferritsianid kaliy eritmasidan, 1 ml 10% li o’yuvchi natriy va 5 ml butil
spirtidan solinadi. Probirka (yoki stakan) yaxshilab chayqatiladi va bir necha daqiqa
xona haroratida qoldiriladi. Yuqorigi, spirtli qatlam ehtiyotlik bilan ajratib olinib,
qorong`i xonada simob-kvartsli lampa nurlari yordamida ko’riladi. Natijada havorang
yoki ko’k rangli fluorestsensiya aniq ko’rinadi.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |