45
Piridoksal va piridoksamin aminokislotalar almashinuvida muxum rol
o’ynaydi. Ularning fosforlangan xosilalari (fosfopiridoksal va fosfopiridoksamin)
koferment funkstiyasini namoyon qiladi va aminokislotalarning pereaminirlanish,
dekarboksillanish reakstiyalarini katalizlaydi. Bundan
tashqari fosfopididoksal
nikotin kislotasini triptofandan sintezlanishini koferment bo’lib katalizlaydi. Vitamin
B
6
shu bilan birga lipidlar almashinuvida ham ishtirok etadi.
Piridoksol, piridoksal va piridoksamin o’simlik va hayvon maxsulotlarida keng
tarqalgan. Vitamin B
6
jigarda, bo’yrakda, muskul to’qimasida, tuxumda,
achitqida,
guruch kepagida, no’xotning tarkibida bo’ladi.
Katta odamlarning piridoksinga bo’lgan sutkalik extiyoji 2 mg ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: