Biokimyoviy cho’kindi jarayonlari Reja
Download 70 Kb.
|
Biokimyoviy cho’kindi jarayonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Biokimyoviy cho’kindi jarayonlari Reja: Cho`kindi tog` jinslarining hosil bo`lish jarayoni. Cho`kindi tog` jinslarining turlari. Cho`kindi tog` jinslariga mansub bo`lgan menerallar va konlar. Cho`kindi tog` jinslarining insoniyat rivojlanishidagi o`rni. Tayanch iboralar: cho`kindi, yotqiziq, nurash, relef, kontenintal, jins, mineral, hovza, orgonagen, dengiz, ko`l, muz, qatlam, mexanik, kimyoviy, organic, gil, qum, slyuda, kvarts, changsimon, lyoss, serg`ovak, gips, xemogen, tuf, chaqiq, tsement, temir, fosfat, ferrolit, qumtosh, kremniy, deatomit, aromatic. Cho`kindi tog` jinslari yer yuzasining deyarli xamma yerida tarqalgan. Cho`kindi jinslarning paydo bo`lishi va o`zgarishi turli termodinamik, fizik va kimyoviy sharoitlar bilan bog`liq bo`lib, ma`lum qonuniyatga bo`ysinadi. Cho`kindi tog` jinslari o`simlik va organizm qoldiqlaridan shuningdek o`zidan oldin paydo bo`lgan magmati va metamorfik jinslarning yemirilishidan hosil bo`ladi. Hosil bo`lish sharoitiga qarab cho`kindi jinslar dengiz, ko`l, daryo, shamol, muz va morena yotqiziqlariga bo`linadi. Qurik iqlimli sharoitda hosil bo`lgan jinslar kontinental yotkiziklar deb ataladi. Ularning hosil bo`lishida shamol, oqar suvlar va muz suvlarining roli juda kattadir. Atmosfera yog`inlari ta`sirida nuragan jinslar shamol va oqar suvlar bilan birga oqib borib, relyefning pastkam joylarida to`planadi va cho`kindilar hosil qiladi. Kontinental cho`kindi jinslar hosil bo`lishi sharoitiga qarab elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvial va eol yotqiziqlariga bo`linadi. Suv xavzalarida suvda erigan mineral moddalarning cho`kishidan kimyoviy, xayvonot va o`simlik qoldiqlarining to`planishidan esa organogen cho`kindi jinslar hosil bo`ladi. Cho`kindi tog` jinslar yer po`stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun yerdagi tog` jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini ishg`ol qilib yotadi. Cho`kindi tog` jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam bo`lib asosan, gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi, tarkibi va xossalari bilan farq qiladi. Cho`kindi jinslar segovak bo`ladi va ularning tarkibida toshqotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin. Cho`kindi tog` jinslari paydo bo`lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qilib, uchta asosiy guruxga bo`linadi: Mexanik. Kimyoviy. Organik Mexanik cho`kindi tog` jinslari. Mexanik cho`kindi tog` jinslari magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o`z joyida to`planishi yoki suv, muzlik, shamol ta`sirida boshqa joylarga ko`chirilib yotqizilishidan hosil bo`ladi. Mexanik cho`kindilar tarkibidagi qattiq zarachalarning katta-kichikligi xamda shakliga ko`ra yirik (dag`al), qum, chang va gil zarralarga bo`linadi. Ular oxak, kremniy oksidi (SiO2 ), gil singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan) xolatda xam uchraydi. Dag`al bo`laklar esa qirrali va yassi shakllarga ega. Qumli jinslar yirik-maydaligi 2mm dan 0,05mm gacha bo`gan zarrachalardan tashkil topgan. Tarkibiga ko`ra qum asosan kvarts, slyuda, dala shpsti, xlorit, magnetit, pirit, kaltsit va boshqa minerallarning aralashmasidan iborat. Zarrachalarining yirik-maydaligiga ko`ra qum, yirik (2-0,5mm); urta (0,5-0,25mm); mayda (0,25-0,1mm) va changsimon (0,1-0,05mm) xillarga bo`linadi. Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling