Biokimyoviy cho’kindi jarayonlari Reja
Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari
Download 70 Kb.
|
Biokimyoviy cho’kindi jarayonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gips va angidrit
- Oroganogyen oxaktoshlar
- Xyemogyen oxaktoshlar
Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari. Kimyoviy tog` jinslari eritmalardagi kimyoviy moddalarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv xavzalarida, sho`r suvli buloqlarda kuzatiladi. Kimyoviy tog` jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrit, gips osh tuzi kiradi.
Oshtuzi - qatlamlar xolida sho`r kullar va dengiz kultiklaridagi yotkiziklar orasida uchraydi. Osh tuzining rangi hosil bo`lish sharoitiga va tarkibidagi aralashmalarga qarab, oq, sariq, qizil, havo rang bo`ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan. Gips va angidrit bug`lanish kuchli bo`lgan va suvi oqib chiqib ketmaydigan dengiz qo`ltiqlarida tuzlarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Gips mayda donli zich yoki tolasimon oq, kulrang, sariq rangdagi jinsdir. Xajmiy og`irligi 2200 kgG`m3. mustaxkamligi 20MPa Oxaktoshlar juda keng tarqalgan cho`kindi tog` jinsi hisoblanadi. Ularning tarkibiga kaltsit qisman dolomit minerali xam kiradi. Asosan oxaktoshlar kaltsiy karbonatdan tarkib topsada kvarts, pirit, gil aralashmalari xam uchraydi. Shunga ko`ra - kulrang, oq, sariq yoki qo`ng`ir tusli xillari uchraydi. Tuzilishiga ko`ra loyqa aralashsa loyqali, qum aralashsa ko`li, dolomit aralashsa dolomitli, kremniy aralashsa kreniyli oxaktosh deb ataladi. Hosil bo`lishiga qarab organogen, xemogen, chaqiq va aralashma oxaktoshlar bo`ladi. Oroganogyen oxaktoshlar asosan dengiz mallyuskalarining chig`anoqlari, marjonlar, mayda dengiz xayvonlari xamda o`simlik qoldiqlaridan paydo bo`ladi. Bunday jinslar tuzilishi serg`ovak va g`alvirak bo`lib, keng tarqalgan. Xajmiy og`irligi 1200 dan 3100 kgG`m3 gacha o`zgaradi. Orgonagen oxaktoshlar turkumiga bur xam kiradi. Bur yumshoq gilli jins bo`lib, panjalar bin ishqalanganda eziladi. Rangi oq, kulrang, sarg`ish yoki bo`zrang bo`ladi. Xyemogyen oxaktoshlar dengiz suvlaridagi eritmalardan kaltsit mineralining cho`kishidan hosil bo`ladi. Bularga asosan oxaktoshli tuf va oolitli oxaktoshlar kiradi. Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling