Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: tur, tur mezoni, morfologik mezon, fi ziologik mezon, biokim-
yoviy mezon, geografi k mezon, genetik mezon, ekologik mezon, etologik mezon.
Savol va topshiriqlar:
1. Tur deganda nima tushuniladi?
2. Tur tushunchasini birinchi bo‘lib fanga kiritgan olim haqida ma’lumot bering.
3. Dastlab olimlar tur haqida qanday fi krlar bildirgan?
4. Tur mezonlari nima?
5. Turlarni bir-biridan farqlashda turli mezonlardan foydalanish qanday 
ahamiyatga ega? 
6. Sudraluvchi ayiqtovon qayerllarda uchraydi va uning turlari qanday belgilar 
asosida farqlanadi?
36-§. POPULATSIYA – TURNING TUZILISH VA 
EVOLUTSIYANING BOSHLANG‘ICH BIRLIGI
Siz avvalgi mavzuda tur tushunchasi bilan tanishdingiz. Haqiqatan ham, 
tur bir-biriga o‘xshaydigan, bir-biri bilan chatisha oladigan organizmlar 
yig‘indisidan iborat murakkab bo‘lgan tuzilmadir. U mazkur tur tarqalgan, 
nisbatan kichik, alohida arealda yashaydigan populatsiyalarga – kichik tabiiy 
guruhlarga bo‘linib ketadi. Bir populatsiya ikkinchi populatsiyadan nisbatan 
alohidalashgan bo‘ladi. 
Populatsiya – tur areali ma’lum hududni egallagan, bir-biri bilan erkin 
chatisha oladigan yoki boshqa populatsiyalardan nisbatan alohidalashgan, bir 
turga kiruvchi organizmlar guruhi. Populatsiya doirasida organizmlar oila, 
gala, poda bo‘lib yashaydilar. Lekin ular turg‘un holatda bo‘lmay, tashqi muhit 
ta’sirlari ostida tarqalib ketishi yoki bir-biri bilan qo‘shilib ketishi mumkin. 
Turning arealda egallagan joyiga qarab unda populatsiyalar soni har xil bo‘ladi. 
Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populatsiyalar soni ko‘p, 
tor arealda tarqalgan turlarda populatsiyalar soni kam bo‘ladi. Har xil turga 
kiruvchi populatsiyalar bir-biridan, avvalo, egallagan areali hajmi bilan farq 
qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o‘simliklarning esa 
chetdan changlanish masofasiga bog‘liq. Тоk shilliqqurtining harakatlanish 
radiusi bir necha o‘n metr bo‘lsa, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir 
necha yuz kilometrga cho‘ziladi.
Populatsiyadagi individlar soni ham turlicha bo‘ladi. Ayrim hasharotlarning 
populatsiyalari yuz minglab, hatto millionlab individlardan iborat bo‘lsa, 
ayrim populatsiyalarda individlar soni juda oz bo‘ladi. Masalan, Uzoq Sharqda 
tarqalgan yo‘lbars populatsiyasi 300–400 ta individdan iborat. 


152
Populatsiyani tashkil etuvchi individlar o‘rtasida murakkab o‘zaro 
munosabatlar mavjud. Individlar oziq resurslari, yashash joyi uchun o‘zaro 
raqobatda bo‘lishlari yoki aksincha dushmandan birgalikda himoyalanishlari 
mumkin. Ayrim jismoniy zaif, kasal individlarning o‘limi populatsiya 
tarkibiy sifatini yaxshilaydi, populatsiyaning o‘zgaruvchan muhit sharoitida 
yashovchanligini oshiradi. 
Jinsiy ko‘payish tufayli populatsiya doirasida to‘xtovsiz genlar alma-
shinuvi sodir bo‘ladi. Populatsiyalar o‘rtasida mavjud alohidalanishlar tufayli 
har xil populatsiyalarga mansub organizmlarning o‘zaro chatishish ehtimoli 
kamayadi. Shuning uchun ham har bir populatsiya o‘ziga xos genlar to‘plami – 
genofondi bilan tavsifl anadi. Shunday qilib, hayot populatsiya darajasining 
mavjudligi tur tarkibining xilma-xilligi bilan bir qatorda turning turg‘unligini 
ham ta’minlaydi. Populatsiya darajasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar 
evolutsiyaning tezligi va yo‘nalishini belgilaydi. Yangi turlarning paydo bo‘lish 
jarayoni populatsiya genofondining o‘zgarishidan boshlanadi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling