Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
- Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
83-rasm.
Abu Ali ibn Sino 160 «Tib qonunlari» asari 500 yil mobaynida Yevropa universitetlarida asosiy tabobat qo‘llanmasi sifatida o‘qitilib kelindi. Olim odamdagi ba’zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko‘zga ko‘rinmas organizmlar orqali paydo bo‘ladi, deb qayd qiladi. Binobarin, mikroskop kashf qilinmasdan, mikrobiologiya fani hali shakllanmasdan 600–700 yil oldin Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va havo orqali tarqalishini e’tirof etdi. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) buyuk davlat arbobi, shoir bo‘lib qolmasdan, tabiatshunos olim hamdir (84-rasm). Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da Mar- kaziv Osiyo, Afg‘o niston, Hindiston kabi mamlakat- larning tarixi, geografi yasi, xalqlarning turmush kechi- rish tarzi, madaniyati bilan birga, o‘simlik va hayvonot olami to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot berilgan. U o‘zi ko‘r gan, kuzatganlariga asoslangan holda hayvon va o‘simliklarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki farqlari haqida ma’lumotlarni bayon etgan. Bobur hayvonlarni to‘rt quruhga ajratgan: quruq- lik hayvonlari, parrandalar, suv yaqinida yashaydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratgan. Tayanch so‘zlar: murtak, Gippokrat, Aristotel, «Qonlilar», «Qonsizlar». Savol va topshiriqlar: 1. Farobiyning tabiat to‘g‘risidagi fi krlarini gapiring. 2. Beruniy tabiatshunoslikda qanday kashfi yotlar qilgan? 3. Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi nimalardan iborat? 4. Zahiriddin Muhammad Boburning izlanishlari haqida gapirib bering. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Miloddan oldin yashagan tabiat shun os- larning tabiat to‘g‘risidagi tasavvurlarini yozing. Qadimgi Misr Qadimgi Hindiston Qadimgi Xitoy O‘rta asrlarda ijod qilgan Markaziy Osiyo olimlarining tabiat tuzilishi haqidagi fi krlarini yozing. 84-rasm. Zahiriddin Muhammad Bobur |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling