Biolog 10 indd
-rasm. Qoramol zotlari va ularning ajdodi. 89-rasm
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
90-rasm. Qoramol zotlari va ularning ajdodi.
89-rasm. Kaptar zotlari: 1 – yovvoyi ko‘k qoya kaptari; 2 – bo‘qoq kaptar; 3 – yakobin kaptari; 4 – turman; 5 – pochtachi kaptar; 6 – tovus kaptar. 1 2 3 4 6 5 169 Darvin sun’iy tanlash bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish mum- kinligini tajriba orqali isbotlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan. XX asr ikkinchi yarmida akademik K. D. Belyayev sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hay- von larni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlab berdi. U kumushsimon qora tulkilar ustida kuzatish ishlarini olib borib, ularning odamga nisbatan xatti-harakati har xil ekanligini aniqladi. Tulkilarning bir guruhi odamga tashlanuvchan, o‘ta tajovuzkor, ikkinchi guruhi odamga tashlanishga qo‘rqib turadigan, lekin unga tashlanishni xohlaydigan, uchinchi guruhi esa xotirjam instinktli ekanligi ma’lum bo‘ldi. K. D. Belyayev uchinchi guruhga mansub erkak va urg‘ochi tulkilarni ajratib, alohida urchita boshladi. Nasllar orasidan olim yana odamga tez ko‘nikuvchi tulkilarni tanlab bordi. Bunday tulkilarning bir necha avlodida sun’iy tanlash o‘tkazish natijasida xuddi xonaki itlarga o‘xshash, ya’ni odamga tez o‘rganadigan, erkalaganda xursand bo‘ladigan tulkilar chiqarildi. Xatti- harakatiga qarab o‘tkazilgan sun’iy tanlash natijasida tulkilarning morfologik va fi ziologik belgilari ham o‘zgardi. Tajribada tashqi quloq suprasi osilgan, dumini esa gajak holda egib turadigan tulkilar olindi. Yovvoyi tulkilar odatda yilda bir marta – aprelda urchisa, xonakilashtirilganlari esa ikki marotaba dekabr-yanvar va mart-aprel oylarida urchigan. Darvin sun’iy tanlashning muvaff aqiyatli chiqishi tanlash uchun olin- gan organizmlarning son jihatdan ko‘pligiga, ulardagi individual o‘zgaruv- chanlikka, seleksionerning tajribasi va sinchkovligiga, tanlash olib borilayot gan organizmlarning nazoratsiz chatishmasligiga, tanlash ta’sirini irsiy o‘zga- ruvchanlik tufayli to‘plana borishiga bog‘liq deb hisoblagan. Sun’iy tanlash o‘zida bir-birini to‘ldiruvchi uch hodisani mujas samlash- tiradi: ko‘zlangan maqsadga mos organizmlarni tanlash va saqlash; inson talablariga mos bo‘lmagan organizmlarni yaroqsizga chiqarish; chatishtirish uchun zarur bo‘lgan ota-ona formalarini saralash hamda ulardan yangi-yangi nasl olish. Binobarin, yangi nav va zot chiqarishda irsiy o‘zgaruvchanlik va sun’iy tanlash asosiy omil, ya’ni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Darvin zamoniga nisbatan hozirgi vaqtda yangi nav, zot chiqarish metodlari takomillashgan. Darvin sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, yovvoyi o‘simliklarni madaniylashtirish, zot va navlarning belgi-xossalarini o‘zgartirish mumkinligini aniqlagach, tabiiy sharoitda yashaydigan orga- nizmlarda ham shunga o‘xshash jarayon ro‘y berishi mumkin degan fi krga keldi. U har qanday o‘simlik, hayvon nasl qoldirganda yangi avlod ota-onadan, 170 shuningdek, o‘zaro ayrim belgi-xossalari bilan farq qilishini kuzatdi va uni shaxsiy o‘zgaruvchanlik deb nomladi. Darvin organizmlarda shaxsiy o‘zgaruvchanlik borligini yangi tur bilan tur xilini taqqoslash yo‘li bilan ham isbotladi. «Tur xili» deganda olim turga xos belgi-xossalar yaxshi ifodalanmagan organizmlar guruhini tushungan. Olimlar bir tur bilan ikkinchi tur orasida oraliq formalar uchramaydi, lekin tur bilan tur xili orasida oraliq formalarning uchrashi tabiiy bir hol deb hisoblaganlar. Shu bois tur xillarini Darvin yashagan davrda «shubhali turlar» deb ham atashgan. Tur xillarining tabiatda mavjudligi tufayli olimlar turlar sonini aniqlashda qiyinchilikka duch kelganlar. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling