Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Sun’iy tanlashDunyo bo‘ylab safardan Darvin tashqi muhit ta’sirida turlar 
o‘zgarishi mumkin ekanligiga ishonch bilan qaytdi. Geologiya, paleontologiya, 
solishtirma anatomiya, embriologiyaga oid dalillar turlarning turg‘un emas, 
balki o‘zgaruvchan ekanligidan dalolat beradi. Shunga qaramay, o‘sha davrdagi 
hukmron dunyoqarash ta’sirida bo‘lgan ko‘p tabiatshunos olimlar bir turning 
boshqa turga aylanganligini ko‘rmaganliklarini ro‘kach qilib, organik olam 
evolutsiyasini tan olmas edilar. Shu bois yosh Darvin o‘z faoliyatini evolutsion 
jarayon mexanizmlarini aniqlashdan boshladi. Avvalo xonaki hayvon, madaniy 
o‘simlik navlari xilma-xilligining sabablarini o‘rgandi.
Ongsiz tanlash. Arxeologiya ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, odam paydo 
bo‘lmasdan ilgari Yer yuzida madaniy o‘simliklar, xonaki hayvonlar bo‘lmagan. 
Ibtidoiy odamlar yovvoyi hayvonlarni ovlash, tabiatda yovvoyi holda o‘suvchi 


167
o‘simliklarning urug‘lari, mevalari va boshqa qismlarini iste’mol qilish bilan 
hayot kechirgan. Bundan 9–10 ming yil oldin yovvoyi hayvon bolalarini qo‘lga 
o‘rgatish, yovvoyi o‘simliklar orasidan oziqabop xillarini o‘z kulbalari atrofi ga 
ekish rasm-rusum tusini olgan va bu tajriba avloddan avlodga o‘ta boshlagan.
Insonlar har gal qo‘l ostidagi hayvonlar, o‘simliklar orasidan ko‘p mahsulot 
beradigan xillarini saralab, boshqalarini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatgan. Bunday 
saralash ming yillar mobaynida davom etgan. Oqibatda odam xohishidan 
tashqari yovvoyi o‘simlik, hayvonlardan foydali belgi-xossalari bilan birmuncha 
farq qilgan mahalliy hayvon zotlari, o‘simlik navlari paydo bo‘lgan. 
Insonlar faoliyatida ma’lum belgiga ega yangi nav, zot chiqarish asosiy 
maqsad qilib olinmaganligini e’tiborga olib, Ch. Darvin bunday ibtidoiy 
tanlashni ongsiz tanlash deb nomladi. Sun’iy tanlashning ongsiz shakli hozirgi 
vaqtda ham rivojlanishi qoloq bo‘lgan qabilalarda, dehqon xo‘jaliklarda 
qo‘llanib kelinmoqda. Masalan Ch. Darvin «Bigl» kemasidagi safari chog‘ida 
Janubiy Amerikaning Olovli Yerida yashovchi qabilalar ocharchilik paytida 
vidra ovlashda unchalik ko‘mak bermaydigan it hamda mushuklarni yeb, 
yordam beruvchi itlarni saqlab qolganlarini ko‘rgan. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling