Biolog 10 indd
Qadimgi Yunonistonda tabiat haqida qarashlar. Tabiat haqida qa-
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
Qadimgi Yunonistonda tabiat haqida qarashlar. Tabiat haqida qa-
dimgi Yunoniston va Rimdagi tasavvurlar. Qadimgi Yunonistonda tabiat - shunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nomini olgan Aristotel (eramiz- gacha bo‘lgan 384–322-yillar) hayvonlar klassifi katsiyasining asosini tuzgan, solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fi krlarni bayon etgan hamda organlar korrelatsiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to‘g‘risida ba’zi fi krlarni ilgari surgan. Uning fi kricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan rivojlanadi. Aristotel – hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda hayvonot olamining klassifi katsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni tasnif- lash da ularning ayrim xossalariga emas, balki ko‘p belgilariga e’tibor berish kerakligini e’tirof etgan. U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga – «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo‘lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqali» va «umurtqasiz» hayvonlarga to‘g‘ri keladi. «Qonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristo- telning katta avlodlari umurtqali hayvonlarning hozirgi sinfl ariga to‘g‘ri keladi. Olimning uqtirishicha, meduza, aktiniya, bulutlar tuzilishi jihatidan bir tomondan hayvonlarga, ikkinchi tomondan o‘simliklarga o‘xshash. Shuning uchun ularni Aristotel «zoofi tlar» deb atagan. «Hayvonlarning paydo bo‘lishi» asarida uqtirilishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi. U oldin zoofi tlar, keyin umuman hayvonlar, so‘ng o‘z turiga xos tuzilishga va nihoyat shaxsiy xossalarga ega bo‘ladi. Uning fi kricha, qonli hayvonlarning barchasida ichki organlar o‘zaro o‘xshash va bir xil joylashgan. Aristotelning shogirdlaridan biri Teofrast o‘simliklarning 400 dan ortiq turini o‘rgangan. Ularning tuzilishini, fi ziologiyasini, amaliy ahamiyatini tas- vir lab bergan. U bir o‘simlik turi boshqa turga aylanishi mumkin degan fi krni quvvatlagan. Rim olimi Lukretsiy Kar (er.av. 99–55) olam o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, hayvonlar nam yerdan kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari, keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o‘zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo‘lgan deb hisoblagan. Klavdiy Galen (130–200) tibbiyot asoschilaridan biri bo‘lgan. U qo‘y, it, ayiq va boshqa umurtqali hayvonlar tuzilishini o‘rgangan. Maymun va odam tana tuzilishi o‘xshashligini e’tirof etgan. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling