Biolog 10 indd


Markaziy Osiyoda evolutsion g‘oyalarning paydo bo‘lishi


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Markaziy Osiyoda evolutsion g‘oyalarning paydo bo‘lishi. Markaziy 
Osiyo xalqlarining hayotida dehqonchilik, chorvachilik, tibbiyot va boshqa 


158
sohalardagi faoliyatni, tabiat hodisalarini tasvirlovchi kitoblar juda qadimdan 
mavjud bo‘lgan. Chunonchi, Ahmad ibn Nasr Jayxoniy (870–912) Hindiston, 
Markaziy Osiyo, Xitoy o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatli 
ma’lumotlar to‘plagan. U o‘simlik va hayvonlarning tarqalishi, mahalliy 
xalqlar foydalanadigan o‘simlik va hayvonlar, ularning tabiatdagi ahamiyati 
haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Abu Nasr Farobiy (873–950) bota ni ka, zoologiya
odam anatomiyasi va tabiatshunos likning boshqa 
sohalarida mushohada yuritganU inson organizmi yaxlit 
sistema ekanligini, turli kasalliklar oziqlanish tartibining 
o‘zgarishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bergan (81-rasm). 
Farobiy inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib 
chiqqanligi, shu sababli odamda, hay vonlarda ba’zi 
o‘xshashliklar saqlanib qol ganligi haqidagi fi krni ilgari 
surgan. U tabiiy tanlanish, sun’iy tanlashni e’tirof etgan.
O‘rta asrlardagi tabiat fani rivojiga Beruniy va 
ibn Sino katta hissa qo‘shganlar. Abu Rayhon Beruniy 
(973–1048) ko‘rsatishicha, tabiat beshta elementdan: 
bo‘sh liq, havo, olov, suv va tuproqdan hosil bo‘lgan
Beruniy qadimgi yunon olimi Ptolomeyning «Yer olam-
ning markazi bo‘lib, u harakatlanmaydigan sayyo ra-
dir», – degan ta’limotiga tanqidiy ko‘z bilan qaragan 
va Yer Quyosh atrofi da harakatlansa ajab emas, u 
yuma loq shaklda, deb ta’kidlagan. Binobarin, Beruniy 
polyak astronomi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh 
sistemasining tuzilish asoslarini to‘g‘ri tasavvur qilgan. 
Uning fi kricha, Yer yuzasida doimo o‘zgarishlar sodir 
bo‘lib turadi: suvsiz joylarda asta-sekin daryolar, 
dengizlar paydo bo‘ladi, ular ham o‘z navbatida joylarini 
o‘zgartiradi (82-rasm).
Beruniyning qayd qilishicha, Yer yuzida hayvonlar, o‘simliklar rivojlanishi 
uchun sharoit cheklangan. Shu sababdan tirik mavjudotlar orasida yashash 
uchun kurash boradi. Bu kurash ular hayotining mohiyatini tashkil etadi.
«Agar atrofdagi tabiat o‘simlik va hayvonlar biror turining urchishiga 
monelik ko‘rsatmaganda edi, – deb ta’kidlaydi olim, – bu tur butun Yer 
yuzasini egallagan bo‘lardi. Biroq bunday urchishga boshqa organizmlar 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling