Biolog 10 indd


-§. K. LINNEY, J.B. LAMARKNING ILMIY ISHLARI


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

38-§. K. LINNEY, J.B. LAMARKNING ILMIY ISHLARI,
J. KYUVENING EVOLUTSION G‘OYALARI
XV asr yarmiga kelib, Yevropa mamlakatlarida feodalizm o‘rniga 
burjuaziya hokimiyati o‘rnatildi. Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar 
bunyod etildi, fan, texnika birmuncha rivojlandi. Boshqa yerlardan Yevropaga 
ko‘pgina o‘simlik va hayvon turlari keltirildi. Bularning hammasi o‘simlik va 
hayvonlarni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otdi. 
Buning oqibatida kishilarning o‘simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlari 
antik dunyoga nisbatan bir necha marta ortdi. Botanika, zoologiya fanlarini 
yanada rivojlantirish uchun, avvalo, ma’lum bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarini 
guruhlash ehtiyoji tug‘ildi. Bu masala bilan mashhur shved olimi Karl Linney 
(1707–1778) shug‘ullandi (85-rasm). 
U 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsifl ab beradi. 
Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni 
turkumlarga, turkumlarni sinfl arga birlash tiradi. Sizlar 
botanika, zoologiya fanlarini o‘qiganin gizda suvo‘tlari, 
sporali o‘simliklar, ochiq va yopiq urug‘lilar, umurtqali 
va umurtqasiz hayvonlar ning bir qancha sistematik 
guruhlari bilan tanishgansiz. 
K. Linney zamonida esa biologiyaning juda ko‘p 
sohalari hali rivoj lanmagan edi. Shu sababli K. Lin-
ney o‘simlik va hayvonlarning ayrim belgi larigagina asoslangan holda sun’iy 
sistema tuzishga muvoff aq bo‘ldi. U barcha o‘simliklarni changdonlari 
soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birla shishiga qarab 24 sinfga, 
hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi
qon-qardoshligi yaqin bo‘lgan organizmlar boshqa-boshqa sinfl arga, aksincha, 
kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi. 
K.Linney o‘simlik va hayvon turlari o‘zgarmaydi, degan fi kr bildirgan. Uning 
tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik 
organik olamni atrofl icha o‘rganishga imkon berdi. K. Linney ishlaridan so‘ng 
botanika, zoologiya fanlari tez sur’atlar bilan rivojlandi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling