Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Morfologik mezon. Morfologik mezon bir turga kiruvchi individlarning 
tashqi va ichki tuzilishining o‘xshashligini ifodalaydi. Qora qarg‘a va ola 
qarg‘a, karam kapalagi va qichitqio‘t kapalagi har xil turlarga mansub 
(75-rasm).
75-rasm. 
1 – karam kapalagi; 2 – qichitqio‘t kapalagi.
76-rasm. 1 – tojdor chittak; 2 – katta 
chittak; 3 – lazorevka chittagi;
4 – moskovka chittagi.


149
Ularni siz morfologik xususiyatlari asosida farqlay olasiz. Сhittaklar 
oila siga mansub turlarni ham morfologik mezon asosida aniqlash mumkin 
(76-rasm).
Lekin birgina morfologik mezonning o‘zi bir turni boshqa turdan farq 
qilish uchun yetarli emas. Bir turga kiruvchi organizmlar ham ba’zi morfologik 
belgi-xossalari bilan o‘zaro farq qiladi. Bir turga mansub erkak va urg‘ochi 
jinsli organizmlar o‘rtasidagi jinsiy dimorfi zm hodisasini ko‘rish mumkin 
(77-rasm). Shu bilan bir qatorda morfologik jihatdan bir-biriga juda o‘xshash, 
lekin o‘zaro chatishmaydigan turlar ham uchraydi. Ular qiyofadosh turlar 
deyiladi. Chunonchi, drozofi lada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamushda 
ham 2 ta qiyofadosh turlar ma’lum. Qiyofadosh turlar suvda hamda quruqlikda 
yashovchilar, reptiliyalar, qushlar, hatto sutemizuvchilarda ham aniqlangan. 
Morfologik mezon turlarni aniqlashda uzoq vaqt asosiy va yagona o‘lchov 
hisoblangan. 
77-rasm. 1 – qushlarda; 2 – sutemizuvchilarda; 3 – hasharotlarda jinsiy dimorfi zm.
Fiziologik mezon bir turga mansub individlarda hayotiy jarayonlar: 
oziqlanish, nafas olish, ayirish, o‘sish, ko‘payish, rivojlanishning o‘xshashligini 
aks ettiradi. Aslida har xil tur vakillari bir-biri bilan chatishmaydi, chatishsa 
ham nasl bermaydi yoki nasli bepusht bo‘ladi. Turlarning chatishmasligi 
jinsiy organlar tuzilishidagi farqlar, ko‘payish muddatlarining turlicha bo‘lishi 
va boshqa xossalari bilan izohlanadi. Lekin tabiatda ayrim turlar, masalan, 
kanareykalarning har xil turlari, terak va tollar, it va bo‘ri o‘zaro chatishishi 
hamda nasl berishi mumkin. Bu o‘z-o‘zidan fi ziologik mezon ham turlarning 
bir-biridan farq qilishi uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling