Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gibridomalar
Hayvonlarni klonlash. Bir bakteriya hujayrasi bo‘linishi natijasida hosil
bo‘lgan bakteriya koloniyasiga klon deb aytiladi. O‘simliklarning kloni bir hujayradan sun’iy sharoitda ko‘paytirilib yoki vegetativ ko‘paytirish usuli bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo‘l bilan ko‘paymasligi sababli ularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo‘lib kelar edi. 1977-yili J.Gyordon tomonidan hujayra muhandisligini qo‘llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi (73-rasm). 73-rasm. 1 – baqaning yadrosi olib tashlangan tuxum hujayrasi; 2, 3, 4, 5 – yadrosi olib tashlan- gan tuxum hujayraga itbaliq ichak hujayrasi yadrosining ko‘chirib o‘tkazilishi; 6 – yosh baqaning rivojlanishi. 1997-yil Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari qo‘yning klonini yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko‘chirib o‘tkazilar va hosil bo‘lgan transplant tuxum hujayra o‘gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi. Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari erishgan natijalarning J. Gyordon tajribasidan farqi shundaki, ular ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratilgan yadroni kiritib, yetuk organizm oldilar (74-rasm). 141 Gibridomalar. Hujayra muhandisligi rivojlanishi gibridomalar olish biotexnologiyasini vujudga keltirdi va monoklonal antitanalar sintez qilish imkonini yaratdi. Ma’lumki, normal hujayralar juda sekin bo‘linib ko‘payadi va ularning bo‘linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo‘linadi. Biror foydali oqsil sintezlovchi normal hujayra biomassasini sun’iy sharoitda ko‘paytirib, shu oqsil moddani ko‘plab ishlab chiqarsa bo‘ladi. Lekin normal hujayralardan yetarli biomassa olish cheklangan bo‘lganligi uchun bunday muammolar o‘z yechimini topmagan edi. 74-rasm. Qo‘y klonining yaratilishi. 1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun’iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo‘linuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. Bunday gibrid hujayra gibridoma deb ataladi. Natijada sun’iy sharoitda antitana sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko‘payishiga erishildi. Gibridoma hujayrasini maqsadga muvofi q har qanday hujayrani rak hujayrasi bilan biriktirish yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Bu texnologiyani ‘ 142 hozirgi kunda qimmatbaho oqsil regulatorlar, antitana va gormonlar sintezida gen muhandisligi bilan barobar ishlatish mumkin. Shuning uchun hujayra mu- handisligiga asoslangan biotexnologiyaning imkoniyati cheksiz hisoblanadi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling