Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
- 32-§. HUJAYRA MUHANDISLIGI ASOSIDA HAYVONLAR IRSIYATINI O‘ZGARTIRISH. GIBRIDOMA
72-rasm. Transgen o‘simlik olish.
139 yoki maxsus gen otuvchi zambarak vositasida o‘simlik yoki hayvon hujayrasiga kiritish usullari ishlab chiqilgan. Genetik transformatsiya qilingan o‘simlik hujayrasidan transgen o‘simlik olinadi (72-rasm). Transformatsiya qilingan o‘simlik hujayrasi bo‘linishi natijasida hujayralar to‘plami – kallus to‘qima hosil bo‘ladi. Kallus to‘qima hujayralaridan ayrimlari o‘simlik gormoni va boshqa regulator moddalar ta’sirida ma’lum programma bo‘yicha bo‘lina boshlaydi. Natijada bunday hujayralardan bosqichma-bosqich o‘simlik embrioni va barcha jihatdan normal, voyaga yetgan transgen o‘simlik olinadi. Transgen o‘simlikning har bir hujayra xromosomasida ko‘chirib o‘tkazilgan gen saqlanadi. Shu sababdan transgen o‘simlik jinsiy yo‘l bilan ko‘paytirilganda yot gen nasldan naslga beriladi. Olimlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turli kasalliklarga va zararkunanda hasharotlarga chidamli transgen navlarini yaratish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, g‘o‘za o‘simligining zararkunanda hasharotlarga chidamli, ertapishar, transgen navlari yaratildi. Tayanch so‘zlar: vektor konstruksiya, transgen, Ti-plazmida, pBR 322 (pibi-ar 322) plazmida, kallus to‘qima. Savol va topshiriqlar: 1. Dastlabki transgen o‘simliklar haqida gapirib bering. 2. Vektor konstruksiya yaratish ketma-ketligini tushuntiring. 3. Transgen o‘simlik olish ketma-ketligini tushuntiring. 4. Transgen mahsulotlar haqida nimalarni bilasiz? 32-§. HUJAYRA MUHANDISLIGI ASOSIDA HAYVONLAR IRSIYATINI O‘ZGARTIRISH. GIBRIDOMA Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo‘jalik va genetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda faqat bir dona, ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki 140 sigir bachadoniga kiritiladi, ya’ni implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi. AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen muhandisligi usuli bilan o‘sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishdi. Zigota (urug‘langan tuxum hujayra)ga har xil genlarni mikr o inyeksiya qilib, transgen sichqon yoki kalamush olish ko‘plab laboratoriyalarda bajarildi. Mamlakatimizda akademik J. H. Hamidov rah bar ligida shu usulni qo‘llab, quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va tez o‘suvchi transgen quyon olindi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling