Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: polimerazalar, revertazalar, restriksiya saytlari.
Savol va topshiriqlar:
1. Gen muhandisligida foydalaniladigan fermentlar qanday guruhlarga ajratiladi?


134
2. Polimeraza fermentlarining ishlash mexanizmi haqida so‘zlab bering.
3. Restriktazalar qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
4. Restriktaza fermentlarining ishlash mexanizmi haqida so‘zlab bering.
5. Teskari transkriptaza fermenti faoliyati mohiyatini tushuntiring.
 
30-§. REKOMBINANT DNK OLISH
Genetik rekombinatsiya – bu turli manbalardan olingan genlarning 
yoki genlarning normal biologik almashinuvi natijasida o‘zgargan xromo-
somaning hosil bo‘lishi. Yangi DNK molekulasi DNK zanjirining uzilishi yoki 
birikishi yo‘li bilan rekombinatsiya jarayonida hosil bo‘ladi. Irsiy axborotning 
o‘tkazilishi, almashinishi va o‘zgarishining tabiatda turli shakllari bo‘lib, ular 
yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlarning paydo bo‘lishi uchun manba 
sanaladi. 
Turli organizmlarning genlarini sun’iy yo‘l bilan birlashtirib, rekombinant 
DNK olish mumkin. Gen muhandisligi yoki rekombinant DNK texnologiyasida 
tajribalar yo‘li bilan bir organizm (donor) irsiy materialini boshqa organizm 
(retsipiyent)ga o‘tkazish orqali bu genlarning irsiylanishi ta’minlanadi. 
Masalan, mikrobiologiya sanoatida azot fi ksatsiyalovchi genlar kiritish yo‘li 
bilan o‘simliklar hosildorligini oshirishda qo‘llaniladigan bakteriya shtam m-
lari olinadi (bu o‘g‘itlarning ishlatilishini kamaytiradi va atrof-muhit holatini 
yaxshilaydi). Hozirgi kunda gen muhandisligi metodlari rekombinant bakteriya 
shtammlaridan biologik faol birikmalar, jumladan, gormonlar (insulin, o‘sish 
gormoni, somatostatin), virusga qarshi preparat – interferon olishda muvaff aqiyatli 
qo‘llanilmoqda. Genlarning boshqa organizm genomiga to‘gridan to‘g‘ri 
ko‘chirib o‘tkazilishi irsiy nuqsonlarni to‘g‘rilashga imkon beradi. Rekombinant 
DNK olish yo‘li bilan irsiy kasalliklarni davolash istiqbolli bo‘lib, bunda bemor 
genomiga zararlangan gen o‘rniga normal funksional gen kiritiladi. 
Sun’iy ravishda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 
1972-yilda AQSH olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirildi. 
Bu olimlar E.coli bakteriyasining xromosoma DNKsi va shu bakteriya 
plazmidasiga alohida probirkalarda «yopishqoq» uch hosil qiluvchi EcoRI 
(eko-er-bir) restriktaza fermenti bilan ishlov berganlar. Halqasimon plazmid 
tarkibida faqat bir dona EcoRI restriktaza fermenti tanlab kesadigan maxsus 
nukleotidlar izchilligi bo‘lganligi sababli restriktaza DNK qo‘sh zanjirini 
faqat bir joydan kesib halqasimon plazmidni yopishqoq uchli ochiq holatga 
o‘tkazadi. Xromosoma DNK molekulasida EcoRl restriktaza fermenti taniy 
oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi qancha bo‘lsa, bu molekula shuncha 


135
bo‘lakka bo‘linadi. DNK bo‘laklarini elektroforez moslamasida kuchli elektr 
maydonida katta-kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo‘lgan bo‘laklar maxsus 
bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Elektroforez gelidan kerakli DNK bo‘lagini suvda eritib 
ajratib olish mumkin. Boyer va Koen shu usullar bilan ajratib olingan yopishqoq 
uchli xromosoma DNK bo‘lagini ochiq holatdagi yopishqoq uchli plazmid 
DNKsi bilan probirkada aralashtirib ligaza (ulovchi) fermenti vositasida bu ikki 
xil DNK bo‘laklari uchlarini bir-biriga kovalent bog‘lar yordamida uladilar. 
Natijada plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo‘lagi kiritildi. Shu usulda ilk bor 
rekombinant plazmid hosil qilindi. Bu molekular qurilmada (konstruksiyada) 
plazmid DNK vektor (yo‘naltiruvchi) funksiyasini bajaradi, chunki yuqorida 
aytib o‘tganimizdek plazmidlar DNKsiga rekombinatsiyalana oladi. Bu vektor 
konstruksiya o‘z tarkibida antibiotikka chidamlilik geni bo‘lganligi uchun 
maxsus yaratilgan plazmidsiz, ya’ni antibiotikka chidamsiz shtamm hujayralariga 
kiritildi. Rekombinant plazmid kiritilgan bakteriya hujayralari kloni antibiotikka 
chidamli genga ega bo‘lib qolganligi sababli, plazmidsiz bakteriyadan farq 
qilib, antibiotik ta’sirida nobud bo‘lmaydi. Shu sababli tajriba o‘tkazayotgan 
probirkaga antibiotik qo‘shib rekombinant bakteriya kloni ajratib olinadi va 
klonlanadi. Bu klonni tashkil etuvchi har bir bakteriyada yot (geterologik) DNK 
bo‘lagi bor bo‘lib, bakteriya biomassasi qanchalik ko‘paytirilsa, yot DNK bo‘lagi 
shunchalik ko‘payishi mumkin. Undan tashqari, rekombinant plazmid vektor 
avtonom replikatsiyalanuvchi plazmid bo‘lsa, yot DNK bo‘lagini yana o‘nlab 
barobar ko‘paytirish mumkin (70-rasm). 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling