Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

67-rasm. O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkartilar tajribasi.


129
Pnevmokokkning S-shtammidan qandaydir modda R-shtammga o‘tishi 
natijasida R-shtammning ayrimlari S-shtammga aylangan, ya’ni transformatsiya 
hodisasi ro‘y bergan. Lekin F. Griffi
ts S-shtamm bakte riya larning qanday 
moddasi irsiy axborotni tashib yurishini bila olmagan.
1944-yilga kelib O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkarti Griffi
ts tajribasini 
qaytadan takrorladilar va S-shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib 
yuruvchi DNK ekanligini ma’lum qildilar. Ular pnevmokokk bakteriyalarning 
2 xili streptomitsinga chidamli va chidamsiz shtammlari ustida tajriba olib bordi. 
Laboratoriya sharoitida probirkada streptomitsinga chidamli bakteriyalarni 
parchalab, uning DNK moddasi ajratib olindi. Olingan toza DNK chidamsiz 
bakteriyalar o‘sayotgan muhitga o‘tkazildi va kuzatib borildi. Kuzatishlar shuni 
ko‘rsatadiki, streptomitsinga chidamli 
bak teriyalar DNK moddasi ta’sirida, ik-
kinchi probirkada o‘sayotgan chidamsiz 
bakteriyalar shtammi antibiotikka chidam-
li bo‘lib qo‘ladi.
Shunday qilib, dastlab pnevmokokk 
bakteriyalarda DNKning irsiyatga aloqa-
dorligi isbotlab berildi (67-rasm).
Transduksiya. Transduksiya jarayo-
ni 1952-yilda N. Jinder va F. Lederberg 
tomonidan kashf etilgan. Bu kashfi yotga 
qadar bakteriya hujayrasiga fagning irsiy 
materiali (nuklein kislota) kirganda fag-
lar ning hujayrada ko‘payishi oqi batida 
bakteriyaning hujayra qobig‘i yorilib 
o‘lishi, ya’ni lizis bo‘lishi ma’lum edi, 
xolos. Bu jarayon faglarning litik reaksi-
yasi deb ataladi. Bunda bakteriya hujay-
rasiga kirgan faglar 37°C da, 15–60 daqi-
qa ichida litik siklga kiradi. 
Fag dastlab bakteriyaning nukleo-
tidtrifosfatlardan foydalanib, DNK mo-
lekulasini replikatsiyalaydi. So‘ngra fag 
xromosomasi o‘zi uchun oqsil qobiq 
sintez qilib, fag zarrachalari hosil bo‘ladi. 
Natijada bakteriya hujayrasining qobig‘i 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling