Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: genlar majmuasi, rekombinant gen, transformatsiya.
Savol va topshiriqlar:
1. Genetik injeneriya qanday fan?
2. Genetik injeneriya fanining paydo bo‘lishi va uning maqsadlari haqida so‘zlab 
bering.
3. Genetik injeneriya tadqiqot obyektlari nimalardan iborat?
4. Fanning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
 
27-§. HUJAYRANING GENETIK ELEMENTLARI
Xromosomalar. Hayot shakllarining barchasi o‘z tuzilishi va faoliyatini 
belgilovchi irsiy elementlarga ega. Viruslarning irsiy elementlari DNK yoki 
RNK molekulasida ifodalangan bo‘ladi. Prokariotning asosiy nasl apparati 
halqasimon DNK dan iborat bo‘lib, nukleoid deyiladi va sitoplazmada joyla-
shadi. Bakteriya DNK si gistonli oqsillar bilan kompleks hosil qilmaydi, nati-
ja da xromosoma tarkibiga kiruvchi barcha genlar «ishlab turadi». Eukariotlar-
ning irsiy axboroti xromosomalarda mujassam bo‘lgan, xromosomalar DNK 
va gistonli oqsillardan iborat bo‘ladi. Eukariotlarning bir-biridan farqlanishi 


124
ulardagi irsiy axborotning turlicha bo‘lishiga bog‘liq. Ular xromosomalar soni 
va ulardagi genlar miqdori va sifati bilan farq qiladi. 
Plazmidlar. Plazmidlar hujayraning asosiy xromosomasidan bir necha 
yuz barobar kichik DNK qo‘sh zanjirli halqasidan iborat. Plazmidlar 
o‘rtacha 3–10 dona genlardan tuzilgan va ikki toifaga bo‘linadi. Bularning 
birinchisi transmissibl plasmid bo‘lib, u transpozon yoki bakteriofag irsiy 
molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini 
kesib, rekombinatsiya bo‘la oladi. Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga 
birikkandan keyin o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Asosiy xromosomadan 
mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday 
plazmidlarda joylashgan genlar asosiy xromosomada o‘z faoliyatini bajaradi. 
Hujayra bo‘linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmidning genlari asosiy 
xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan naslga beriladi. Ikkinchi toifa 
plazmidlar avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday 
plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan 
mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya yo‘li bilan o‘nlab va hatto yuzlab 
marta ko‘paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug‘ 
bo‘linganda qiz hujayralar orasida tasodifi y ravishda taqsimlanadi. Shu 
bilan birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i va 
membranasining teshiklaridan o‘ta oladi. Plazmidlar tarkibi, asosan, antibiotik 
yoki zaharli toksin parchalovchi ferment sintez qiladigan genlardan iborat. Shu 
tufayli plazmidlar bakteriya, achitqi va zamburug‘larning antibiotik va zaharli 
toksinlarga chidamliligini ta’minlaydi. 
Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga 
transpozonlar bilan birikkan holatda ham ko‘chib o‘ta oladi. Bu molekular 
jarayon kasal chaqiruvchi mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini 
nihoyatda oshiradi. Plazmidlarning bu xususiyatidan genetik injeneriyada 
vektor sifatida foydalansa bo‘ladi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling