Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

63-rasm. Erkak va ayollarda meyoz 
jarayonida xromosomalarning 
hujayralarga normal taqsimlanishi.


119
sindromi»ga xos belgi xususiyatlarga 
ega organizm rivojlanadi.
Klaynfelter 
sindromi 
kasalligi 
faqat erkaklarda uchraydi. Sitogenetik 
tahlil natijasida ularning jinsiy «X» 
xromosomalar soni normaga nisbatan 
bittaga ko‘payganligi aniqlandi. Oqi-
batda Klaynfelter sindromi kasal-
ligiga duchor bo‘lgan shaxslar jinsiy 
xromosomalar bo‘yicha XXY geno-
tipiga ega bo‘ladilar. Shuning hisobiga 
ulardagi diploid xromosomalar soni 
odatdagicha 46 ta emas, balki 47 ta 
bo‘ladi. 
Klaynfelter sindromi kasaliga du-
chor bo‘lgan shaxslarda jismoniy, aqliy 
jihatdan o‘zgarishlar paydo bo‘ la di. 
Ularda qo‘l va oyoqlar haddan tashqari 
uzun bo‘ladi. Yelka chanoqqa nisbatan 
tor bo‘lib jinsiy bezlarning rivojlanishi 
buziladi. Balog‘atga yetish davridan 
boshlab, bir qadar aqliy qoloqlik yuzaga 
keladi. Bu kasallik o‘rta hisobda yangi 
tug‘ilgan 500 ta o‘g‘il boladan bittasida 
uchraydi. 
Ayollarda jinsiy xromosomalar 
mutatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, 
«Shereshevskiy-Terner sindromi» ka sal ligi uchraydi. Bu kasallikka duchor 
bo‘lgan ayollarda juft gomologik jinsiy xromosomalar soni bittaga kamayadi. 
Ularda xromosoma soni 46 ta emas, balki 45 ta bo‘lib qoladi. Bunday ayollarning 
bo‘yi juda past, bo‘yni juda qisqa bo‘ladi. Ularda tuxumdon rivojlanmagan, 
ikkilamchi jinsiy belgilar ham juda sust namoyon bo‘ladi. «Shereshevskiy-
Terner sindromi» kasalligi o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 5000 qizdan bittasida 
uchraydi (64–65-rasmlar). 
64-rasm. Erkaklarda meyoz jarayonida 
xromosomalarning hujayralarga 
taqsimlanishi buzilishining oqibatlari: 
1,2 – Klaynfelter sindromi
3,4 – Shereshevckiy-Terner sindromi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling