Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sitogenetik metod
60-rasm. Autosomadagi dominant
genning irsiylanishi. 113 61- rasm. Autosomadagi retsessiv genning irsiylanishi. 62- rasm. X – xromosomadagi retsessiv genning irsiylanishi. Autosoma – retsessiv tipda irsiylanish (A–R) – autosomada joylashgan retsessiv genlarga bog‘liq. Albinizm, chapaqaylik, ko‘k ko‘z, silliq soch, fenilketonuriya, rezus manfi y (Rh-), I 0 qon guruhi va boshqalar (61-rasm). X – xromosomaga birikkan domi nant genning irsiylanishi (X–D). Masalan: qandsiz diabet, D vitamini bilan davolanmaydigan raxit, ikkinchi kurak tishi yo‘qligi, tish emali qo‘ng‘ir bo‘lishi va boshqalar. X – xromosomaga birikkan, re tses siv genning (X–R) irsiylanishi. Masalan: gemofi liya, daltonizm, na moz shomko‘rlik (62-rasm). Y – xromosomaga birikkan genning irsiylanishi. Masalan: gipertrixoz, ixtioz. Sitoplazmatik irsiylanish – mito xondriya, xloroplastlar va plazmida genlariga bog‘liq. Misollar: odamlarda ko‘rish nervi atrofi yasi, mitoxondrial sitopatiya va boshqalar. Faqat onadan farzandlarga o‘tadi (o‘g‘illarida ham, qizlarida ham bir xilda kuzatiladi). Sitogenetik metod so‘nggi yillarda katta ahamiyat kasb etdi. U odamda uchraydigan irsiy kasalliklarning sabablarini tushunib olish uchun ko‘pgina materiallar beradi. Bu usul odam xromosomalar to‘plamidagi ko‘rinadigan darajadagi o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratdi. 114 Xromosoma va genom mutatsiyalari sitogenetik usul bilan aniqlanadi. So‘nggi yillarda har qanday odamning xromosoma tuzilishi va sonini unga hech ziyon yetkazmay, oson va tez o‘rganishga imkon beradigan yangi usullar ishlab chiqilgan, masalan, odam qonidagi, qon leykotsitlari ajtatib olinadi va 37 ° C da alohida oziq muhitiga o‘stiriladi, ulardan xromosomalar soni va tuzilishi ko‘rinib turadigan preparatlar tayyorlanadi. Keyinchalik odam xromosomalarini alohida bo‘yoqlar bilan bo‘yash usullari ishlab chiqildi, bular xromosomalar sonini sanab, hisoblab ko‘rishdan tashqari ayrim xromosomalardagi ancha nozik o‘zgarishlarni ham o‘rganishga imkon berdi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling