Biolog 10 indd


Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni. Irsiy o‘zgaruv-
chanlikning gomologik qatorlar qonuni mashhur rus olimi N. I. Vavilov 
tomonidan bug‘doydoshlar oilasida kashf qilingan. Bu qonunga ko‘ra, agar 
g‘allaguldoshlar oilasiga kiruvchi bir avlodda biror-bir irsiy o‘zgaruvchanlik 
kuzatilsa, shunday irsiy o‘zgaruvchanlik uning boshqa avlodlarida ham uchrashi 
mumkin. G‘allaguldoshlarning bug‘doy, arpa, suli, tariq, makkajo‘xori, 


108
sholi avlodlarida ayrim belgilarning, masalan, don rangining oq, qizil, qora, 
gunafsha rangda bo‘lishi; don shaklining yumaloq, cho‘zinchoq bo‘lishi; 
hayot tarziga ko‘ra kuzgi, bahorgi, yarim kuzgi, ertangi, kechki formalarida 
takrorlanishini ko‘rish mumkin. Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar 
qonuni hayvonlarda ham o‘z tasdig‘ini topadi. Xususan, albinizm umurtqali 
hayvonlarning barcha sinfl ari – baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, 
sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilarga mansub avlodlarda, turlarda 
kuzatiladi. Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuniga asoslanib 
seleksionerlar madaniy o‘simliklarning boy kolleksiyasini to‘plashda va undan 
yangi navlarni chiqarishda foydalanadilar.
Modifi katsion o‘zgaruvchanlik. Bir xil genotipga ega organizmlarda 
tash qi muhit omillari ta’sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar mo-
difi katsion o‘zgaruvchanlik deb ataladi. Genotip o‘zgarmaganligi uchun 
modifi katsion o‘zgaruvchanlik nasldan naslga berilmaydi. Modifi katsion 
o‘zgaruvchanlik populatsiyadagi deyarli barcha organizmlarga xos ekanligi bilan 
tavsifl anadi. Modifi katsion o‘zgaruvchanlik bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar 
nuklein kislotalardagi irsiy axborot qanday qilib fenotipda namoyon bo‘lishini 
tushunishga yordam beradi. 
Har qanday tirik mavjudotning morfologik, fi ziologik, biokimyoviy belgi-
xossalari majmuasi, ya’ni fenotipi faqat ota-onadan olingan genlargina emas, 
balki ma’lum darajada shu organizm rivojlanayotgan muhitning xilma-xil 
omillari ta’siriga ham bog‘liq. 
Modifi katsion o‘zgaruvchanlikka suv ayiqtovoni o‘simligi barglarining 
shakli o‘zgaruvchanligini misol qilib keltirish mumkin. Bitta o‘simlik tupi 
barglarning suv ostidagi va suv yuzasida barglarining shakli bilan farqlansa-da, 
ularning genotipi bir xil bo‘ladi. Barglar shakli yorug‘likka bog‘liq. 
Bitta genotipning tashqi muhit sharoitiga qarab har xil fenotipni 
yuzaga chiqara olish chegarasi reaksiya normasi deyiladi. Modifi katsion 
o‘zgaruvchanlikning evolutsion ahamiyati shundan iboratki, u organizmlarga 
o‘z ontogenezida tashqi muhit omillariga moslashish imkoniyatini yaratadi. 
Reaksiya normasi keng bo‘lgan organizmlar tabiiy tanlashda qulaylikka ega 
bo‘ladi. Organizmlarning bo‘yi, massasi, pigmentatsiyasi va shunga o‘xshash 
ko‘plab belgilar modifi katsion o‘zgaruvchanlikka moyildir. Modifi katsiya-
larning kelib chiqishi organizmda biokimiyoviy va fermentativ reaksiyalarning 
u yoki bu tomonga o‘zgarishiga bog‘liqdir.
Tirik organizmlarning belgi va xususiyatlari, masalan, terida pigmentning 
ishlab chiqarilishi albatta genotipga bog‘liq. Lekin teridagi pigmentning hosil 


109
bo‘lishini quyosh nuri miqdori belgilaydi. Belgining yuzaga chiqishi genotipning 
ma’lum bir tashqi muhit ta’siriga moyilligiga (beriluvchanligi) bog‘liq. Shuning 
uchun ma’lum bir joyda tarqalgan yuqumli kasalliklar bilan shu joy aholisining 
hammasi ham kasal bo‘lavermaydi. U genotipida shu kasallikka moyilligi bor 
kishilardagina yuzaga chiqadi.
Organizmning tashqi muhit sharoiti ta’siriga javobi shu ta’sirga moslanishini 
bildiradi. Dengiz sathidan yuqoriga ko‘tarilgan sari odam qonida eritrotsitlarning 
soni ko‘payadi. Odamlarda yozda terida melaninning ko‘payishi, hayvonlarda 
junning sovuq tushishi bilan qalinlashishi ham sharoitga moslashishdir. O‘simlik 
yorug‘lik kam tushadigan joyda o‘stirilsa, uning barg plastinkalari kattalashadi, 
ya’ni fotosintez sodir bo‘ladigan yuza oshadi va shu sharoitga moslashadi.
Organizmlarning miqdoriy belgilari tashqi muhitning sharoiti ta’sirida nis -
ba tan kuchli o‘zgaradi. Madaniy o‘simliklarning bo‘yi, bargi va urug‘larining 
soni, hosildorligi, uy hayvonlarining vazni, sut mahsuldorligi ularni parvarish qilish 
va boqish sharoitiga bog‘liq. Bundan tashqari miqdoriy belgilarning irsiylanishi 
va xilma-xilligi o‘zaro va ko‘p tomonlama ta’sir etuvchi genlarning faoliyatiga 
bog‘liq. Shuning uchun miqdoriy belgilarning irsiylanishi va modifi katsion 
o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda maxsus statistik usullardan foydalaniladi. 
Bu usullarning mohiyati quyidagilardan iborat: o‘rganilayotgan o‘simlik 
navlari, hayvon zotlari va ular duragaylarining mumkin qadar ko‘proq vakillari 
tajribaga jalb etiladi. Ularning har birida o‘rganilayotgan belgini ifodalovchi 
miqdoriy ko‘rsatkichlar, masalan: massasi gramm yoki kilogrammda, bo‘yi 
santimetr yoki metrda aniqlanadi. Olingan dalillar asosida variatsion qator va 
grafi k tuziladi hamda o‘rganilayotgan belgining o‘rtacha ko‘r satkichi aniqlanadi. 
Modifi katsion o‘zgaruvchanlik tib biyotda katta ahamiyatga ega. Har bir 
kasallik reaksiya normasiga bog‘liq tarzda har xil odamlarda turlicha kechishi 
mumkin. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling