Biolog 10 indd
Gen kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
Gen kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari. Odam hujay-
rasidagi xromosomalar: autosom va jinsiy xromosomalarga ajratiladi. Autosoma xromosomalaridagi genlar mutatsiyasi oqibatida quyidagi kasalliklar vujudga keladi: Ba’zi odamlarda qo‘l va oyoq panjalarining tutashib ketishi – sindaktiliya, panjalarda qo‘shimcha barmoqlarning hosil bo‘lishi – polidaktiliya gen kasalliklari sanalib, dominant holda irsiylanadi. Odamda retsessiv mutatsiya oqibatida vujudga keladigan gen kasalliklari aniqlangan. Masalan, albinizm kasalligi teri, soch, ko‘zning kamalak pardasida pigmentlarning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Sizga ma’lumku, meyoz jarayonining normal o‘tishi normal gametalar hosil bo‘lishini ta’minlaydi (63-rasm). Kariotipdagi ayrim juft xromosomalar sonining o‘zgarishi (me’yordan ortishi yoki kamayishi) oqibatida vujudga keladigan kasalliklar genom mutatsiyalari aniqlangan. Autosoma xromosomalar soni ning o‘zgarishi tufayli chiqadigan kasallikka misol qilib, «Daun sindromi»ni olish mumkin. «Daun sindromi»ning ke- lib chiqishiga 21-juft gomologik xromo somaning bittaga ortib ketishi, ya’ni trisomik holatda bo‘lishi sababchidir. «Daun sindromi»ga uchragan shaxslar kariotipida xromosomalar soni 47 ta bo‘ladi. Bu kasallik autosoma xromosomalarning o‘zgarishi nati jasida vujudga kelganligi sababli ayol va erkaklarda uchraydi. Bu kasallikka chalingan bemor larga xos belgilar quyidagilardan iborat: Bemorning boshi nisbatan kichik, yuzi va peshonasi keng, ko‘zlari kichik, bir- biriga yaqin joylashgan, og‘zi yarim ochiq, aqli zaif, bepusht bo‘ladi. «Daun sindromi»ning kelib chi qishi- ga asosiy sabab ota-onaning chekishi, alkogol yoki narkotik mod da lar ning iste’- mol qilishi nati jasida, boshlan g‘ich jinsiy hujayralarning meyoz bo‘linishida 21- juft xromosoma larning o‘z jufti dan to‘liq ajralishi sodir bo‘lmaganligi sababli yo tu xum hujayra, yo sper matozoid da 23 ta xro mo soma o‘rniga 24 ta xromosoma bo‘ladi. Mazkur jinsiy hujayra urug‘lanishi natijasida kariotipida 47 ta xromosoma bo‘lgan zigota, undan kelgusida «Daun Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling