Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Transpozonlar. Ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar evolutsiyasida 
muhim o‘rin tutadigan genetik birliklar bo‘lib, ular xromosomalarning bir 
joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuruvchi fragmentlaridir. Bunday elementlar 
o‘tgan asrning 40-yillarida AQSH olimasi B. Mak Klintok tomonidan kashf 
qilingan va bu ishi uchun olima 1984-yil Xalqaro Nobel mukofoti bilan 
taqdirlangan. Ko‘chib yuruvchi elementlarning uch xil tipi mavjud va ular bir-
biridan tuzilishi, ko‘chib yurish tipi va viruslarga o‘xshash yoki o‘xshashmasligi 
bilan farqlanadi. Shulardan birinchisi transpozonlar bo‘lib, ular DNK ning bir 


125
joydan ajralib chiqib, ikkinchi joyiga borib o‘rnashadi. Bunda DNK miqdor 
jihatdan o‘zgarmaydi. Transpozonlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay barcha 
transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi
markaziy qismida esa DNK molekulasini belgilangan joyda «yopishqoq» 
uchlar hosil qilib kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjud. 
Transpozonlar xromosomada o‘z o‘rnini o‘zgartirganda irsiyat ham o‘zgaradi. 
Retrotranspozonlar – DNK ning bir bo‘lagi bo‘lib, ular tuzilishi jihatidan 
RNK-tutuvchi viruslarni eslatadi. Bunday elementlar o‘zlaridan teskari 
transkriptaza yordamida o‘z nusxasini sintezlab, bu nusxani DNKning boshqa 
joyiga ko‘chib o‘tishi (insersiyalanishi)ni ta’minlaydi. Ko‘chish davomida 
retrotranspozonlarning eski nusxasi o‘z joyida qoladi va faqat ularning 
nusxasigina ko‘chiriladi. Natijada DNK miqdor jihatdan ko‘payadi. 
Uchinchi turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar – retropozonlar deb ataladi. 
Retropozonlar – ko‘chish mexanizmi bo‘yicha retro transpozonlarga 
o‘xshaydi, ya’ni ularning nusxalari sintezlanib, boshqa joyga ko‘chadi. 
Biroq asosiy farq ular tuzilishi jihatidan viruslarga mutlaqo o‘xshamaydi va 
nusxa ko‘chirish uchun o‘zlarida teskari transkriptaza fermentiga ega emas. 
Bu uch turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar genomining ko‘p 
miqdorini tashkil qiladi. O‘simliklar genomining qariyb 50 foizi transpozon, 
retrotranspozon va retropozonlardan tashkil topgan. Masalan, makkajo‘xori
donlarida antotsian (qizil) pigmentning paydo bo‘lib yo‘qolishi antotsian rangni 
beruvchi gen ichidagi transpozonning ko‘chishi bilan izohlanadi. 
Aniqlanishicha, transpozonlar va retrotranspozonlar bu elementlarning 
ko‘chib yurishini belgilovchi transpozaza fermenti yoki nusxa ko‘chiruvchi 
teskari transkriptaza fermenti genlarini o‘zida tutadi va ko‘chib o‘tish uchun 
qulay bo‘lgan yopishqoq uchlarga ega. Biroq bunday birliklarning fenotipik 
namoyon bo‘lishi, ular biror funksional genga birikkanda yaqqol ko‘rinadi. 
Odatda yashash muhiti keskin o‘zgarganda transpozonlarning ko‘chib 
yurishi ortadi. Shu sababdan ko‘chib yuruvchi genetik elementlar ishtirokida 
gen muhandisligiga asoslangan ko‘pgina biotexnologik jarayonlar yaratilgan.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling