Biolog 10 indd
Hayotning to‘qima darajasi
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayotning organ darajasi
- Hayotning organizm darajasi
- Hayotning populatsiya, tur darajasi .
Hayotning to‘qima darajasi. To‘qima kelib chiqishi, tuzilishi, bajaradi-
gan vazifasi o‘xshash hujayralar va hujayralararo moddalardan tashkil topgan biotizim hisoblanadi. Hayvonlarda epiteliy, muskul, biriktiruvchi va nerv to‘- qima lari mavjud. O‘simliklarda esa hosil qiluvchi, qoplovchi, asosiy, mexa nik, o‘tkazuvchi to‘qimalar bo‘ladi. Hayotning to‘qima darajasida hujayra larning ixtisoslashuvi bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganiladi. Hayotning organ darajasi. Organ bu ma’lum tuzilish, shaklga ega, muay- yan funksiyani bajaradigan hamda aniq bir joyda joylashgan organizmning bir qismidir. Organlar bir necha xil to‘qimalardan tashkil topgan bo‘lib, organning bajaradigan vazifasi to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liq. Hayotning organizm darajasi. Organizm mustaqil hayot kechiradi gan, o‘z-o‘zini idora eta oladigan, o‘z-o‘zini yangilay oladigan bir yoki ko‘p hujayrali 1-rasm. Hayotning tuzilish darajalari. 11 yaxlit biologik tizimdir. Organizmlar bir va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Hayotning organizm darajasi moddalar va energiya almashinuvi, ta’sirlanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish, hayotiy jarayonlarning nerv-gumoral boshqarilishi, moslanish, xulq-atvor, umri davomiyligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi. Har bir tirik organizm individ hisoblanib, uning evolutsiyaga qo‘shadigan hissasi nasl qoldirish va o‘zgaruvchan muhit sharoitiga moslanishdan iborat. Hayotning populatsiya, tur darajasi. Morfofi ziologik, genetik, ekologik, etologik jihatdan o‘xshash, kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, o‘zaro erkin chatishib, nasldor avlod beradigan tur arealining ma’lum qismida uzoq muddat mavjud bo‘lgan individlarning yig‘indisi populatsiya deyiladi. Tur ma’lum arealga ega o‘zaro erkin chatisha oladigan, ayrim belgi va xossalari bilan shu turning boshqa populatsiyalaridan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan populatsiyalar yig‘indisidir. Hayotning bu darajasi populatsiya zichligi, individlar soni, ko‘payish tezligi, yashovchanlik, jinsiy va yosh bilan bog‘liq tarkibi kabi belgilar bilan ta’rifl anadi. Hayotning bu darajasida tur doirasida individlar o‘rtasidagi munosabatlar, populatsiya dinamikasi, populatsiya genofondining o‘zgarishlari, tur hosil bo‘lish jarayonlari sodir bo‘ladi. Populatsiya evolutsiyaning boshlang‘ich birligi hisoblanadi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling