Biolog 10 indd


Hayotning biogeosenoz (ekosistema) darajasi


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Hayotning biogeosenoz (ekosistema) darajasi. Hayotning biogeosenoz
darajasining elementar birligi har xil turlarga mansub populatsiyalardir. 
Bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro dinamik munosabatda bo‘lgan, 
ma’lum maydonda tarqalgan o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriya 
turlarining yig‘indisi biogeosenoz yoki ekosistema deyiladi. Hayotning bu 
darajasi ekosistemalar strukturasi, biotik munosabatlar, oziq zanjiri, trofi k 
darajalar kabi xususiyatlar bilan tavsifl anadi. Bu xususiyatlar moddalar va 
energiyaning davriy aylanishi, ekosistemalarning o‘z-o‘zini boshqarishi, 
tirik organizmlarning muhit omillari bilan dinamik muvozanati, mavsumiy 
o‘zgarishlar kabi jarayonlarda aks etadi. 
Hayotning biosfera darajasi. Biosfera yerdagi hayotning barcha ko‘-
rinishlarini qamrab olgan, tiriklikning eng yuqori tuzilish darajasidir. Biosfera 
darajasini tashkil etuvchi komponentlar biogeosenozlar hisoblanadi. Hayotning 
bu darajasida moddalar va energiyaning global davriy aylanishi, insonning 
xo‘jalik va madaniy faoliyati kabi jarayonlar kuzatiladi. 
Shunday qilib, tiriklikning har bir tuzilish darajasi o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. Shuning uchun har qanday biologik kuzatish, tajribalar va tadqiqotlar 
hayotning ma’lum bir darajasida olib boriladi. 


12
Tayanch so‘zlar: biopolimerlar, gomeostaz, ontogenez, fi logenez, molekula
hujayra, to‘qima, organ, organizm, populatsiya, biogeosenoz (ekosistema), bio -
s fera. 
Savol va topshiriqlar:
1. Hayotning tuzilish darajalari deyilganda nimani tushunasiz?
2. Hayotning molekula darajasining komponentlari va jarayonlarini izohlang.
3. Hayotning hujayra darajasining mohiyati nimadan iborat?
4. Hayotning organizm darajasida sodir bo‘ladigan jarayonlarni bayon eting. 
5. Hayotning populatsiya darajasining o‘ziga xos jihatlari nimada? 
6. Hayotning ekosistema va biosfera darajalarining mohiyatini tushuntiring.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling