Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

68-rasm. Transduksiya jarayoni. 
5 – Biologiya 10


130
yoriladi va fag tashqi muhitga chiqib, boshqa bakteriyani zararlantiradi. Ammo 
bakteriya hujayrasiga tushgan fag doimo ham shu hujayrani nobud qilavermaydi. 
Ba’zan fag xromosomasi bakteriya xromosomasiga rekombinatsiyalanadi. Bu 
jarayon fag DNK molekulasi bakteriya DNK molekulasi nukleotidlarining 
maxsus ketma-ketligini topib birikishi natijasida sodir bo‘ladi va bakteriya 
profag holatga o‘tadi. Xromosomasida profag bo‘lgan va erkin ko‘paya oladigan 
bakteriyalarni lizogen bakteriyalar, jarayon esa lizogeniya deb ataladi. Tashqi 
muhit ta’sirida ayrim holatlarda lizogen bakteriyadan fag xromosomasi ajralib 
chiqishi kuzatiladi.
Fag nobud bo‘lgan hujayradan sog‘lom hujayraga o‘tayotganida nobud 
bo‘lgan bakteriya xromosomasining biror bo‘lagini o‘zi bilan birga olib 
o‘tkazishi mumkin. Bitta bakteriyalar hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali 
genlarning o‘tishiga transduksiya deyiladi. Faglar orqali ikkinchi bakteriya 
hujayrasiga o‘tgan genlar bu bakteriyaning irsiyatini o‘zgartiradi (68-rasm). 
Konyugatsiya (lot. conjugatio – «qo‘shilish» degan ma’noni anglatadi). 
Bakteriyalarda konyugatsiya ja rayo ni bir bakteriya hujayrasidagi ge netik 
materialni ikkinchi bakteriyaga olib o‘tkazish usuli bo‘lib, bunda ikkita bakteriya 
ingichka ko‘prikcha bilan bog‘lanadi va shu ko‘prikcha orqali bir hujayra 
(donor)dan boshqasi (retsipiyent)ga DNKning bir ipi o‘tadi. Retsipiyentning 
irsiy xususiyatlari DNK bo‘lagida uzatilgan genetik axborot miqdoriga qarab 
o‘zgaradi (69-rasm). 
69-rasm. Bakteriyalarda 
konyugatsiya jarayoni. 
1–2 – donor hujayraning retsipiyent 
hujayra bilan birikishi; 3 – donor 
hujayra plazmidasi DNKsining bir 
zanjiri retsipiyent hujayraga o‘tishi; 
4 – har ikki hujayra plazmidasi 
komplementar DNK zanjirini 
sintezlaydi.


131
Demak, transformatsiya, transduk siya, konyugatsiya jarayonlari bak-
teriyalarning irsiyatini o‘zgarishiga olib keladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling