Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transduksiya.
67-rasm. O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkartilar tajribasi.
129 Pnevmokokkning S-shtammidan qandaydir modda R-shtammga o‘tishi natijasida R-shtammning ayrimlari S-shtammga aylangan, ya’ni transformatsiya hodisasi ro‘y bergan. Lekin F. Griffi ts S-shtamm bakte riya larning qanday moddasi irsiy axborotni tashib yurishini bila olmagan. 1944-yilga kelib O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkarti Griffi ts tajribasini qaytadan takrorladilar va S-shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib yuruvchi DNK ekanligini ma’lum qildilar. Ular pnevmokokk bakteriyalarning 2 xili streptomitsinga chidamli va chidamsiz shtammlari ustida tajriba olib bordi. Laboratoriya sharoitida probirkada streptomitsinga chidamli bakteriyalarni parchalab, uning DNK moddasi ajratib olindi. Olingan toza DNK chidamsiz bakteriyalar o‘sayotgan muhitga o‘tkazildi va kuzatib borildi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, streptomitsinga chidamli bak teriyalar DNK moddasi ta’sirida, ik- kinchi probirkada o‘sayotgan chidamsiz bakteriyalar shtammi antibiotikka chidam- li bo‘lib qo‘ladi. Shunday qilib, dastlab pnevmokokk bakteriyalarda DNKning irsiyatga aloqa- dorligi isbotlab berildi (67-rasm). Transduksiya. Transduksiya jarayo- ni 1952-yilda N. Jinder va F. Lederberg tomonidan kashf etilgan. Bu kashfi yotga qadar bakteriya hujayrasiga fagning irsiy materiali (nuklein kislota) kirganda fag- lar ning hujayrada ko‘payishi oqi batida bakteriyaning hujayra qobig‘i yorilib o‘lishi, ya’ni lizis bo‘lishi ma’lum edi, xolos. Bu jarayon faglarning litik reaksi- yasi deb ataladi. Bunda bakteriya hujay- rasiga kirgan faglar 37°C da, 15–60 daqi- qa ichida litik siklga kiradi. Fag dastlab bakteriyaning nukleo- tidtrifosfatlardan foydalanib, DNK mo- lekulasini replikatsiyalaydi. So‘ngra fag xromosomasi o‘zi uchun oqsil qobiq sintez qilib, fag zarrachalari hosil bo‘ladi. Natijada bakteriya hujayrasining qobig‘i Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling