Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq
- 28-§. HUJAYRA IRSIYATINING O‘ZGARISHIGA OLIB KELADIGAN JARAYONLAR
Tayanch so‘zlar: transmissibl plasmid, avtonom plazmidlar, transpozonlar,
retrotranspozonlar, retropozonlar, insersiya. Savol va topshiriqlar: 1. Plazmidlar asosan qanday genlardan tuzilgan? 2. Qaysi toifa plazmid qanday qilib bakteriyalarning antibiotikka chidamliligini tez amalga oshiradi? 126 3. Transmissibl va avtonom plazmidalarning hujayra irsiyatiga ta’sirini tushuntiring. 4. Transpozonlar qanday tuzilgan? Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Atamalar raqamini ularning ta’rifi bilan juftlang. 1 Plazmid A Asosiy xromasomaga birika olmaydigan va asosiy xroma- somadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zidan replikatsiya qiladigan halqasimon DNK molekulalari 2 Transpozon B Gen yoki genlar majmuasini maqsadga muvofi q o‘zgartirish 3 Avtonom plazmidlar D Xromosomadan tashqarida joylashgan o‘z-o‘zini replikatsiya qila oladigan halqali DNK molekulasi 4 Gen muhandisligi E i-RNK matritsa vositasida o‘z nusxasini sintezlab, genomning boshqa joyiga ko‘chib o‘tadigan virussimon DNK molekulasi 5 Retrotrans- pozon F Molekulalarning elektr maydonida joylashtirilgan maxsus gel ichida kattaligiga ko‘ra ajratish usuli 6 Transmissibl plazmid H Hujayra xromosomalari tarkibiga rekombinatsiyalana oladigan plazmida 7 Elektroforez G Genomdan o‘zini qirqib, genomning boshqa joyiga ko‘chib o‘tadigan genetik tuzilma 28-§. HUJAYRA IRSIYATINING O‘ZGARISHIGA OLIB KELADIGAN JARAYONLAR Gen muhandisligi maqsadi – rekombinant DNK yaratish va shu asosda organizm uchun foydali yangi belgilarni va xususiyatlar hosil qilishdir. Tabiatning o‘zida ham shu kabi rekombinatsiya jarayonlari yuz berishi kuzatiladi. Viruslar, faglar, bakteriyalar o‘zidagi genetik moddani boshqa organizmlarga o‘tkazish xususiyatiga ega. Rekombinantlar hosil bo‘lishining 3 xil usuli mavjud: transformatsiya, transduksiya, konyugatsiya. Amerika olimlari Lederberg va Tatum 1946-yilda bakteriyalarda jinsiy jarayonlar sodir bo‘lishini aniqladilar. Bakteriyalarda jinsiy jarayonlar genetik 127 1 – Tirik S-shtamm sichqonga inyeksiya qilinganda sichqon o‘ladi 2 – Tirik R-shtamm sichqonga inyeksiya qilinganda sichqon tirik qoladi 3 – Qizdirish yo‘li bilan zararsizlan- tirilgan S-shtamm sichqonga inyeksiya qilinganda sichqon tirik qoladi 4 – Qizdirish yo‘li bilan zararsizlantirilgan S-shtamm va tirik R-shtamm aralashtirilib sichqonga inyeksiya qilinganda sichqon o‘la- di. 5 – Sichqon qonidan tirik S-shtamm hujayralari topiladi material bilan almashinuv rekombinatsiya yo‘li bilan amalga oshadi. Bunda donor hujayra DNKsining bir qismi retsipiyent hujayraga beriladi va uning DNKsi bilan qo‘shiladi. 1940-yillarga kelib xromosomalar tarkibini o‘rganish chuqurlashdi. Xromosoma tarkibi DNK va oqsildan iboratligi aniqlandi. Bu davrda ko‘pchilik olimlar irsiyatning asosi oqsil deb tushunar edilar. Keyinchalik irsiyatning asosi oqsil emas, nuklein kislotalar bilan bog‘liqligi isbotlandi. Organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga o‘tishida nuklein kislotalar muhim ahamiyatga ega ekanligi 1928-yili Angliya bakteriologi Frederik Griffi t, keyinchalik 1944-yilda amerikalik mikrobiolog-genetik O.Everi bakteriyalar ustida olib borgan tajribalarida aniqlandi. DNKning genetik roli birinchi marotaba pnevmoniya (zotiljam) kasalligini qo‘zg‘atuvchi yumaloq shakldagi bakteriyalar – pnevmokokklarda isbot langan. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling