Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Savol va topshiriqlar:
1. Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini saqlash uchun qanday ishlar olib 
borilmoqda?
2. Gen kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari haqida gapirib bering.


121
3. Klaynfelter sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, Daun kasalliklarining 
belgilarini tushuntiring.
4. Irsiy kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish uchun nima qilish kerak deb 
o‘ylaysiz?
5. Reproduktiv salomatlikni saqlashda Respublika «Ona va bola skrining» 
markazi faoliyatini yoriting.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: «Inson salomatligi – jamiyat boyligi» 
mavzusida referat tayyorlang.
26-§ GEN MUHANDISLIGI TADQIQOT OBYEKTLARI 
VA RIVOJLANISH TARIXI
Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson manfaat-
larini ko‘zlagan holda o‘zgartirilishiga gen muhandisligi (gen injeneriyasi 
yoki genetik injeneriya) deb ataladi. Gen muhandisligi – rekombinant RNK 
va DNKlar olish, organizm (hujayra)dan genlarni ajratish, genlarni boshqarish 
(manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan tanlangan 
genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va 
usullari jamlanmasidir. 
Bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bo‘lgan, DNK 
zanjiridagi nukleotidlar qatori gen deb ataladi. Murakkab biologik jarayon 
ketma-ketligini boshqarishda ishtirok etadigan, genetik tuzilishi bo‘yicha 
deyarli bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir necha genlar, genlar majmuasi yoki 
oilasini tashkil qiladi. Gen muhandisligi fanining maqsadi genlarning ichki 
tuzilishini va xromosomada tutgan o‘rnini ehtiyojga mos ravishda o‘zgartirib, 
ularning faoliyatini idora etishdir. Natijada har qanday tirik mavjudotni, albatta, 
imkoniyat darajasida maqsadga yanada ko‘proq muvofi qlashtirish yo‘li bilan 
sanoat miqyosida oqsil moddalar ishlab chiqarish, o‘simlik va hayvon turlarini 
inson ehtiyojiga mos ravishda o‘zgartirish, irsiy va yuqumli kasalliklarni aniq 
va tez tashxis qilish hamda sabablarini aniqlash usullari yaratildi.
Gen muhandisligi (gen injeneriyasi) fani irsiyatning moddiy asosi – DNK 
molekulasini spetsifi k tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK 
bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklarini 
uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata oluvchi elektroforez 
usulining kashf etilishi oqibatida vujudga keldi. Ayniqsa, DNK molekulasini 
tashkil etuvchi nukleotidlarning spetsifi k ketma-ketligini (izchilligini) aniqlash 


122
hamda xohlagan DNK bo‘lagini avtomatik tarzda sintez qilish usullarining 
va uskunalarining kashf etilishi bu fanning jadal sur’atlar bilan rivojlanishini 
ta’minladi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling