Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
63-rasm. Erkak va ayollarda meyoz
jarayonida xromosomalarning hujayralarga normal taqsimlanishi. 119 sindromi»ga xos belgi xususiyatlarga ega organizm rivojlanadi. Klaynfelter sindromi kasalligi faqat erkaklarda uchraydi. Sitogenetik tahlil natijasida ularning jinsiy «X» xromosomalar soni normaga nisbatan bittaga ko‘payganligi aniqlandi. Oqi- batda Klaynfelter sindromi kasal- ligiga duchor bo‘lgan shaxslar jinsiy xromosomalar bo‘yicha XXY geno- tipiga ega bo‘ladilar. Shuning hisobiga ulardagi diploid xromosomalar soni odatdagicha 46 ta emas, balki 47 ta bo‘ladi. Klaynfelter sindromi kasaliga du- chor bo‘lgan shaxslarda jismoniy, aqliy jihatdan o‘zgarishlar paydo bo‘ la di. Ularda qo‘l va oyoqlar haddan tashqari uzun bo‘ladi. Yelka chanoqqa nisbatan tor bo‘lib jinsiy bezlarning rivojlanishi buziladi. Balog‘atga yetish davridan boshlab, bir qadar aqliy qoloqlik yuzaga keladi. Bu kasallik o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 500 ta o‘g‘il boladan bittasida uchraydi. Ayollarda jinsiy xromosomalar mutatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, «Shereshevskiy-Terner sindromi» ka sal ligi uchraydi. Bu kasallikka duchor bo‘lgan ayollarda juft gomologik jinsiy xromosomalar soni bittaga kamayadi. Ularda xromosoma soni 46 ta emas, balki 45 ta bo‘lib qoladi. Bunday ayollarning bo‘yi juda past, bo‘yni juda qisqa bo‘ladi. Ularda tuxumdon rivojlanmagan, ikkilamchi jinsiy belgilar ham juda sust namoyon bo‘ladi. «Shereshevskiy- Terner sindromi» kasalligi o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 5000 qizdan bittasida uchraydi (64–65-rasmlar). 64-rasm. Erkaklarda meyoz jarayonida xromosomalarning hujayralarga taqsimlanishi buzilishining oqibatlari: 1,2 – Klaynfelter sindromi; 3,4 – Shereshevckiy-Terner sindromi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling