Biolog 10 indd


Gen muhandisligi tadqiqot obyektlari


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Gen muhandisligi tadqiqot obyektlari. Gen muhandisligining tadqiqot 
obyektlari viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvon va o‘sim liklarning 
hujayralaridir. Tadqiqot obyektlariga qarab genetik inje neriya: gen muhandisligi, 
xromosoma muhandisligi, hujayra muhandisligi kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga 
oladi. Tirik tuzilmalarning DNK molekulalari hujayraning boshqa moddalaridan 
tozalab olingach, ular orasidagi moddiy farq yo‘qoladi. Har qanday manbadan 
ajratilib, tozalangan DNK molekulasi enzimlar vositasida spetsifi k bo‘laklarga 
parchalanishi va qaytadan bu bo‘laklar ulovchi enzim vositasida ehtiyojga 
mos ravishda ulanishi mumkin. Hozirgi zamon genetik injeneriyasi usullari 
vositasida probirkada har qanday DNK molekulasi bo‘lagini aynan ko‘paytirish 
yoki DNK zanjiridagi xohlagan nukleotidni boshqasi bilan almashtirish 
mumkin. Albatta, bu qadar yuksak yutuqlarga irsiyat qonuniyatlarini izchillik 
bilan tadqiq etish natijasida erishildi.Yuksak darajadagi bu texnologiya hozirgi 
zamon biologiya fanining istiqbolli sohalaridan biridir.
Irsiyatning moddiy asoslarini o‘rganish tarixi. Buyuk fransuz olimi 
Lui Paster bakteriyalarning xilma-xilligini, ularda irsiyat mavjudligini va 
xususiyatlarining irsiyatga to‘la bog‘liqligini bakteriyalarni klonlash usuli 
bilan ilk bor ko‘rsatib berdi.
1952-yil Joshua va Ester Lederberglar bakteriyalarda genlar mutatsiyasining 
o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishini bakteriya koloniyalaridan nusxa (replika) ko‘chirish 
usulini qo‘llash vositasida isbot qilib berdi. Bu olimlar mutant hujayralarni 
replika ko‘chirish usuli bilan ajratib olishni ishlab chiqdilar.
Bir turga mansub bo‘lgan, lekin ayrim genlari bilan bir-biridan farqlanuvchi 
bakteriya hujayralari alohida shtamm deb ataladi. Genetik xususiyatlarini 
hisobga olib shtammlarga nom beriladi. Masalan, «lac» (lak, minus) shtammda 
laktozani parchalovchi genning faoliyati u mazkur fermentning noaktiv, ya’ni 
mutant formasini sintez qiladi. Har qanday shtammga oid mutatsiya oqibatida 
o‘zgarib, bir dona bakteriya bo‘linib ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan 
hujayralar to‘plami mazkur shtammning kloni deb ataladi. Bir klon tarkibiga 
kiruvchi bakteriya hujayralarning irsiyati bir xildir.
1915-yilda Tuort va D’Errel faglarning zararlangan bakteriyalar ichida 
o‘z-o‘zidan ko‘payib, ularni oldirishi mumkinligini isbotladilar. Mikrobio-
loglar faglardan xavfl i infeksion kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarga qarshi 


123
foydalanishni umid qilgan edilar. Lekin biz yuqorida ko‘rganimizdek 
bakteriyalar o‘z-o‘zidan spontan ravishda hosil bo‘ladigan mutatsiyalar tufayli 
faglarga chidamlilik xossasiga ega bo‘ladilar. Bu mutatsiyaning naslga berilishi 
bakteriyani fag tomonidan batamom qirilib ketishidan saqlaydi. 
1950–1970-yillarda DNKning qo‘sh zanjir ekanligi, DNKning ma’lum 
qismini kesuvchi restriktaza fermenti, genetik kod va uning oqsilni sintez 
qilishdagi ahamiyati o‘rganilgan, laboratoriya sharoitida gen sintez qilingan. 
1970–1990-yillarda DNKni klonlash texnologiyasi, somatik hujayralarni 
gibridlash yo‘li bilan monoklonal antitanani ishlab chiqaruvchi gibridoma 
yaratilgan, rekombinant bakteriyalar yordamida birinchi marotaba somatostatin 
gormoni olingan, transgen o‘simlik yaratilgan. Rekombinant DNKdan foyda-
lanish istiqboli fanda yangi yo‘nalish – gen muhandisligining paydo bo‘lishiga 
zamin yaratdi.
Gen muhandisligi fanining maqsadi – bir organizmdagi qimmatbaho xu-
susiyatga ega genlarni ikkinchi organizmga ko‘chirib o‘tkazish yoki shu genlar 
faoliyatini kuchaytirish orqali ikkinchi organizmda yo‘naltirilgan o‘zgarishlar 
(transformatsiya) keltirib chiqarish va bu o‘zgarishlardan inson manfaatlari 
yo‘lida foydalanishdir.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling