Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Hayvonlarni klonlash. Bir bakteriya hujayrasi bo‘linishi natijasida hosil 
bo‘lgan bakteriya koloniyasiga klon deb aytiladi. O‘simliklarning kloni bir 
hujayradan sun’iy sharoitda ko‘paytirilib yoki vegetativ ko‘paytirish usuli 
bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo‘l bilan ko‘paymasligi sababli 
ularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo‘lib kelar edi. 
1977-yili J.Gyordon tomonidan hujayra muhandisligini qo‘llash natijasida 
yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi (73-rasm). 
73-rasm. 1 – baqaning yadrosi olib 
tashlangan tuxum hujayrasi; 
2, 3, 4, 5 – yadrosi olib tashlan-
gan tuxum hujayraga itbaliq ichak 
hujayrasi yadrosining ko‘chirib 
o‘tkazilishi; 6 – yosh baqaning 
rivojlanishi.
1997-yil Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari qo‘yning klonini 
yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa 
embrional hujayradan olingan yadro ko‘chirib o‘tkazilar va hosil bo‘lgan 
transplant tuxum hujayra o‘gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya 
qilinar) edi. Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari erishgan natijalarning 
J. Gyordon tajribasidan farqi shundaki, ular ilk bor yadrosi olib tashlangan 
zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratilgan yadroni 
kiritib, yetuk organizm oldilar (74-rasm).


141
Gibridomalar. Hujayra muhandisligi rivojlanishi gibridomalar olish 
biotexnologiyasini vujudga keltirdi va monoklonal antitanalar sintez qilish 
imkonini yaratdi.
Ma’lumki, normal hujayralar juda sekin bo‘linib ko‘payadi va ularning 
bo‘linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo‘linadi. Biror foydali 
oqsil sintezlovchi normal hujayra biomassasini sun’iy sharoitda ko‘paytirib, 
shu oqsil moddani ko‘plab ishlab chiqarsa bo‘ladi. Lekin normal hujayralardan 
yetarli biomassa olish cheklangan bo‘lganligi uchun bunday muammolar o‘z 
yechimini topmagan edi.
74-rasm. Qo‘y klonining yaratilishi. 
1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun’iy sharoitda antitana 
sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo‘linuvchi rak hujayrasini 
bir-biriga qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. 
Bunday gibrid hujayra gibridoma deb ataladi. Natijada sun’iy sharoitda antitana 
sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko‘payishiga erishildi.
Gibridoma hujayrasini maqsadga muvofi q har qanday hujayrani rak 
hujayrasi bilan biriktirish yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Bu texnologiyani 



142
hozirgi kunda qimmatbaho oqsil regulatorlar, antitana va gormonlar sintezida 
gen muhandisligi bilan barobar ishlatish mumkin. Shuning uchun hujayra mu-
handisligiga asoslangan biotexnologiyaning imkoniyati cheksiz hisoblanadi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling