Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Populatsiya to‘lqini populatsiya ni tashkil etgan individlar so nining 
davriy o‘zgarib turish hodi sasidir. Sizlar o‘z kuzatishingiz orqali ob-havo 
qulay bo‘lgan yillari ayrim hayvon, o‘simlik turiga kiruv chi organizmlarning 
ko‘payib ketishi, hayot uchun noqulay bo‘lgan yillarda esa keskin kamayib 
ketishini bilasiz. Bahorda yog‘in-sochin ko‘p bo‘lgan yillarda bir yillik, ko‘p 
yillik o‘t o‘simliklar: boychechak, yaltirbosh, qo‘ng‘irbosh, qoqio‘t, ituzum 
avj olib o‘sib, ko‘p urug‘ beradi. Natijada ular bilan oziqlanuvchi hasharotlar, 
o‘txo‘r hayvonlar soni ham ko‘payib ketishi mumkin. 
Hasharotlarning, o‘txo‘r hayvonlarning ko‘payishi o‘z navbatida hasha-
rotxo‘r qushlar, yirtqich hayvonlar sonining ham ortishiga olib keladi. 


154
Individlar sonining ortishi ular orasida kasalliklarning tarqalishiga va individlar 
sonining kamayishiga sabab bo‘ladi. Populatsiya tarkibidagi organizmlarning 
son jihatdan ortib ketishi yoki nihoyatda kamayib ketishi populatsiya to‘lqini deb 
ataladi (80-rasm).
Populatsiya to‘lqini harorat, namlik, yorug‘likning mavsumiy o‘zga rishi, 
oziq miqdorining ko‘p yoki oz bo‘lishi, tabiiy ofatlar tufayli yuz berishi 
mumkin. Populatsiya to‘lqini natijasida ayrim individlar soni ortishi, ba’zilari 
sonini kamayishi kuzatiladi. Halok bo‘lgan individlardagi genlar va ularga mos 
belgilar populatsiya doirasida yo‘qolib boradi. Yashab qolgan individlarning 
genofondi saqlanib qoladi. Bunday voqealarning tez-tez takrorlanishi 
populatsiya genofondining o‘zgari shiga sabab bo‘ladi. 
Alohidalanish. Tabiatda populatsiyalarning aralashib ketishiga geog rafi k, 
biologik, ekologik va boshqa alohi dalanishlar toʻsqinlik qiladi. Alo hidalanish 
har xil populatsiyalar individlarining qisman yoki to‘liq cha tishmasligidir. 
Populatsiyalar orasida genlar oqimi bo‘lib turganda, ularda genetik farqlar 
to‘plan maydi. Alohidalanish esa irsiy axborot almashinuvini to‘xtatadi va 
populatsiyani yangi mustaqil gene tik tuzilmaga aylan tiradi. Alohi dalanishning 
bir qancha turlari farq qilinadi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling