Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografi k mezon.
- Ekologik mezon.
- 78-rasm.
- Etologik mezon.
Biokimyoviy mezon. Har xil turga kiruvchi organizmlar o‘zining kimyoviy
tarkibi, oqsil, uglevod, nuklein kislotalar va boshqa organik moddalari bilan farq qiladi. Lekin asosiy farq har bir tur uchun xos irsiy material (DNK, RNK) va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdorining o‘ziga xosligidadir. 150 Organizmlarning qaysi turga mansubligini aniqlash uchun ulardagi nuklein kislotalari farqini belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Geografi k mezon. Har bir tur tabiatda o‘z arealiga ega. Tur tarqalgan hudud katta yoki kichik, har joyda yoki yoppasiga bo‘lishi mumkin. Ba’zan esa ikki, uch turning areali umumiy bo‘lishi yoki ba’zi turlarning ishg‘ol qilgan areali nihoyatda keng maydonni egallashi mumkin. Bu esa o‘z navbatida geografi k mezon boshqa mezonlar kabi nisbiyligidan dalolat beradi. Ekologik mezon. Bir turga kiruvchi organizmlar ma’lum muhit sharoitiga moslashgan, biogeosenozda o‘zining ekologik o‘rniga ega va o‘zining aniq funksiyasini bajaradi. Masalan, dalalar, yaylovlarda zaharli ayiqtovon, daryo qirg‘oqlari va ariq chetlarida sudraluvchi ayiqtovon, botqoqliklarda achishtiradigan ayiqtovon turlari uchraydi (78-rasm). 78-rasm. 1 – zaharli ayiqtovon; 2 – achishtiruv- chi ayiqtovon; 3 – sudraluvchi ayiqtovon. 79-rasm. Qora kalamushning qiyo- fadosh turlari. Genetik mezon. Har bir tur o‘ziga xos kariotipga ega bo‘lib, bu mezon xromosomalar soni, shakli, tuzilishi, maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi bilan ifodalanadi. Qora kalamushning ikkita qiyofadosh turining birida 38 ta, ikkinchisida 42 ta xromosoma bor (79-rasm). Genetik mezon ham nisbiy sanaladi. Chunki bir turga mansub orga- nizmlarning xromosomalar soni va tuzilishi, farqlanishi har xil turga mansub organizmlarda esa xromosomalar soni teng bo‘lishi mumkin. Masalan, karam va turpda 18 tadan xromosoma bor. Etologik mezon. Bir turga mansub individlar boshqa turga mansub individ- lardan xulq-atvori va xatti-harakati bilan farq qiladi. Yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi ham har yoqlama mutlaq hisoblanmaydi. Shu bois turlarni aniqlashda ularning hammasidan yoki ko‘pchiligidan foydalanish talab qilinadi. 38 ta xromosomali tur 42 ta xromosomali tur |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling