Biolog 10 indd


-rasm. Abu Rayhon  Beruniy 81-rasm


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

82-rasm.
Abu Rayhon 
Beruniy
81-rasm. 
Abu Nasr Farobiy 


159
qarshilik ko‘rsatadi va ular orasidagi kurash ko‘proq moslashgan organizmlarni 
ro‘yobga chiqaradi. Beruniyning yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish 
haqidagi fi krlariga asoslanib, vatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi 
omillarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvindan 800 yil ilgari ta’kidlab 
o‘tganligini ko‘ramiz.
Beruniyning uqtirishicha, tabiatda hamma jonzotlar tabiat qonunlariga 
muvofi q yashaydi va o‘zgaradi. U tirik tabiatning tarixiy taraqqiyotini e’tirof 
etmasa-da, asalarilar o‘simliklardan, qurtlar go‘shtdan, chayonlar anjirdan paydo 
bo‘ladi, deb faraz qilgan. Olimning qayd etishicha, Yer yuzining o‘zgarishi 
o‘simlik va hayvonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Beruniy odamlarning rangi, 
qiyofasi, tabiati, axloqi turlicha bo‘lishiga irsiyatgina emas, balki tuproq, suv, 
havo, muhit sharoiti sababchi, deb e’tirof etadi. Beruniyning fi kricha, odam o‘z 
rivojlanishi bilan hayvonlardan juda uzoqlashib ketgan. 
Markaziy Osiyoning mashhur tabiatshunos olimi 
Abu Ali ibn Sino (980–1037) tabiatning obyektiv 
borligiga ishonch hosil qiladi. Tog‘lar, uning fi kricha, 
suv ta’siri yoki yerning ko‘tarilishi natijasida paydo 
bo‘lgan (83-rasm).
Ibn Sino o‘z asarlarida o‘simliklar, hayvonlar 
va odam o‘zaro o‘xshash, chunki ularning barchasi 
oziqla nadi, ko‘payadi, o‘sadi deb uqtiradi. O‘simliklar 
rivoj lanishning quyi bosqichida, hayvonlar o‘rta 
bosqichida, odam esa eng yuqori bosqichida turadi.
Odam tanasining tuzilishini o‘rganish taqiq-
langan o‘rta asrlarda Ibn Sino odam anatomiyasi 
bilan shug‘ullangan. Olim ko‘p ilmiy asarlar yozgan. 
Ulardan bizlargacha 242 tasi yetib kelgan. Olim tibbiyot asoschilaridan biri 
sifatida katta shuhrat qozongan. U o‘rta asr Sharq tibbiyot bilimlarining qomusi 
bo‘lgan dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ning muallifi dir. «Tib qonunlari» 
beshta kitobdan iborat. Birinchi kitobda odam tanasi organlarining tuzilishi va 
funksiyalari, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari bayon 
etiladi. Ikkinchi kitobda o‘simlik, ma’dan va hayvonlardan olinadigan dorilar 
va har bir dorining qaysi kasallikka davo ekanligi ko‘rsatiladi. Uchinchi kitob 
insonning har bir organida bo‘ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash 
usullariga bag‘ishlangan. To‘rtinchi kitobda jarrohlik, ya’ni suyaklarning 
chiqishi, sinishini davolash haqida so‘z yuritiladi. Beshinchi kitobda murakkab 
dorilar, ularni tayyorlash to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Ibn Sinoning 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling