Biolog 10 indd


Lаbоrаtоriya mashg‘ulоtining mаqsаdi


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Lаbоrаtоriya mashg‘ulоtining mаqsаdi: ta’lim muassasalari atrofi da keng 
tarqalgan ikki xil tur yoki uning gerbariysi, yoki kolleksiyasidan foydalanib turning 
morfologik mezoni bilan tanishish, turga xos morfologik belgilarni aniqlay olish, 
morfologik mezonga ko‘ra individlarning bir turga yoki har xil turga mansubligini 
aniqlash. 
Lаbоrаtоriya jihоzlаri: 2 ta turga mansub o‘simliklarning 3–5 tadan 
gerbariysi yoki tirik namunalari.
Ishning borishi: 
1. O‘simlik namunalarini diqqat bilan o‘rganing. 
2. O‘simliklarni morfologik mezon asosida turlarga ajrating. 
3. Har bir turga morfologik tavsif bering. 
4. Hаr bir turgа mansub o‘simliklаrning ildizi, pоyasi, bаrgi, gulkоsа, 
gultоjibаrgi, mevasining shаkli vа rаngigа e’tibоr bеring.
5. O‘simlik tupidаgi gul va mevalar sоni, ulаrning rаngi vа shаkligа аhаmiyat 
bеring.
6. Jadvalni to‘ldiring. 
Xususiyatlar
1-o‘simlik turi
2-o‘simlik turi
O‘simlik nomi
Sistematikadagi o‘rni


156
Ildiz sistemasi turi
Bargi oddiy yoki murakkab
Bargining tomirlanishi
Bargining poyada joylashuvi
Poyasi o‘t yoki yog‘och
Poyasining fazoda joylashuviga ko‘ra turi
Gulqo‘rg‘oni oddiy yoki murakkab
To‘pguli
Mevasi
7. Nima uchun organizmlarning qaysi turga mansubligini aniqlash uchun 
barcha mezonlardan foydalanish zarur? Nima uchun morfologik mezon 
turlarni aniqlashda asosiy o‘lchov bo‘la olmaydi? 
8. Morfologik mezonning nisbiy ekanligiga misollar keltiring. 
9. Kuzatganlaringiz asosida xulosa chiqaring.
37-§. EVOLUTSION G‘OYALARNING PAYDO BO‘LISHI
Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqidagi qarashlar. Tabiatning 
tuzilishi, unda ro‘y beradigan voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar eramiz-
dan bir necha ming yillar ilgari qadimgi sharq mamlakatlari – Misr, Xitoy, 
Hindistonda paydo bo‘lgan. Xususan, qadimgi Misrda donli, sabzavot, mevali 
daraxtlar ekib o‘stirilgan. Bir о‘rkachli tuya, mushuk, g‘oz, o‘rdak, kaptar, 
oqqush turlari xonakilashtirilgan.
Qadimgi hindistonliklar olam 5 ta element (yer, suv, olov, havo, efi r)dan 
iborat deb hisoblaganlar. Qadimgi Xitoyda ham tabiatshunoslik birmuncha 
rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida almashlab ekish, yerlarni o‘g‘itlash joriy etilgan. 
Markaziy Osiyoda yashagan odamlar dunyoqarashi, turmush kechirish tarzi, 
atrofdagi o‘lik va tirik tabiat to‘g‘risidagi tushunchalari «Avesto» kitobida o‘z 
ifodasini topgan. Avestoda dunyoning yaratilishi, tabiat va voqea-hodisalar, 
odamlarning hayot kechirish tarzi tasvirlangan. Avestoning tibbiyotga doir 
bo‘limida odam tanasining, uy-joylarning tozaligiga e’tibor berish, toza suvni 
ehtiyot qilish, nopok narsalarni quduq, buloqlarga yaqinlashtirmaslik, tozalik va 
poklikka rioya qilish, tirnoq va sochlarga pokiza munosabatda bo‘lish lozimligi 
ta’kidlanadi. Shuningdek, tuproq, yer muqaddas sanalgan, dunyo va hayotning 
yaratilishi, tibbiyotga oid ma’lumotlardan tashqari, ekin yerlarini ko‘paytirish, 


157
shudgor qilish, ularga sara urug‘ ekish tavsiya etilgan, uy hayvonlarini 
ko‘paytirish, ularga ozor bermaslik, asrab-avaylash lozimligi uqtirilgan.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling