Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 36-§. POPULATSIYA – TURNING TUZILISH VA EVOLUTSIYANING BOSHLANG‘ICH BIRLIGI
Tayanch so‘zlar: tur, tur mezoni, morfologik mezon, fi ziologik mezon, biokim-
yoviy mezon, geografi k mezon, genetik mezon, ekologik mezon, etologik mezon. Savol va topshiriqlar: 1. Tur deganda nima tushuniladi? 2. Tur tushunchasini birinchi bo‘lib fanga kiritgan olim haqida ma’lumot bering. 3. Dastlab olimlar tur haqida qanday fi krlar bildirgan? 4. Tur mezonlari nima? 5. Turlarni bir-biridan farqlashda turli mezonlardan foydalanish qanday ahamiyatga ega? 6. Sudraluvchi ayiqtovon qayerllarda uchraydi va uning turlari qanday belgilar asosida farqlanadi? 36-§. POPULATSIYA – TURNING TUZILISH VA EVOLUTSIYANING BOSHLANG‘ICH BIRLIGI Siz avvalgi mavzuda tur tushunchasi bilan tanishdingiz. Haqiqatan ham, tur bir-biriga o‘xshaydigan, bir-biri bilan chatisha oladigan organizmlar yig‘indisidan iborat murakkab bo‘lgan tuzilmadir. U mazkur tur tarqalgan, nisbatan kichik, alohida arealda yashaydigan populatsiyalarga – kichik tabiiy guruhlarga bo‘linib ketadi. Bir populatsiya ikkinchi populatsiyadan nisbatan alohidalashgan bo‘ladi. Populatsiya – tur areali ma’lum hududni egallagan, bir-biri bilan erkin chatisha oladigan yoki boshqa populatsiyalardan nisbatan alohidalashgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhi. Populatsiya doirasida organizmlar oila, gala, poda bo‘lib yashaydilar. Lekin ular turg‘un holatda bo‘lmay, tashqi muhit ta’sirlari ostida tarqalib ketishi yoki bir-biri bilan qo‘shilib ketishi mumkin. Turning arealda egallagan joyiga qarab unda populatsiyalar soni har xil bo‘ladi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populatsiyalar soni ko‘p, tor arealda tarqalgan turlarda populatsiyalar soni kam bo‘ladi. Har xil turga kiruvchi populatsiyalar bir-biridan, avvalo, egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o‘simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog‘liq. Тоk shilliqqurtining harakatlanish radiusi bir necha o‘n metr bo‘lsa, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho‘ziladi. Populatsiyadagi individlar soni ham turlicha bo‘ladi. Ayrim hasharotlarning populatsiyalari yuz minglab, hatto millionlab individlardan iborat bo‘lsa, ayrim populatsiyalarda individlar soni juda oz bo‘ladi. Masalan, Uzoq Sharqda tarqalgan yo‘lbars populatsiyasi 300–400 ta individdan iborat. 152 Populatsiyani tashkil etuvchi individlar o‘rtasida murakkab o‘zaro munosabatlar mavjud. Individlar oziq resurslari, yashash joyi uchun o‘zaro raqobatda bo‘lishlari yoki aksincha dushmandan birgalikda himoyalanishlari mumkin. Ayrim jismoniy zaif, kasal individlarning o‘limi populatsiya tarkibiy sifatini yaxshilaydi, populatsiyaning o‘zgaruvchan muhit sharoitida yashovchanligini oshiradi. Jinsiy ko‘payish tufayli populatsiya doirasida to‘xtovsiz genlar alma- shinuvi sodir bo‘ladi. Populatsiyalar o‘rtasida mavjud alohidalanishlar tufayli har xil populatsiyalarga mansub organizmlarning o‘zaro chatishish ehtimoli kamayadi. Shuning uchun ham har bir populatsiya o‘ziga xos genlar to‘plami – genofondi bilan tavsifl anadi. Shunday qilib, hayot populatsiya darajasining mavjudligi tur tarkibining xilma-xilligi bilan bir qatorda turning turg‘unligini ham ta’minlaydi. Populatsiya darajasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar evolutsiyaning tezligi va yo‘nalishini belgilaydi. Yangi turlarning paydo bo‘lish jarayoni populatsiya genofondining o‘zgarishidan boshlanadi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling